outputs_in

Sharh

21 Mart 2026

Shimoliy koridor O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi savdo uchun nega muhimligicha qolmoqda?

Dunyoda davom etayotgan geosiyosiy taranglik Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun strategik ahamiyatga ega bo'lgan kontinental savdo yo'llariga ta'sir ko'rsatmoqda. Yevroosiyo makonida ro'y bergan davrimizning eng katta inqirozi – Ukrainadagi urush Sharq-G'arb yo'nalishidagi yuk tashuvlari dinamikasi va o'zgaruvchanligiga ta'sir qilishda davom etmoqda. Bu esa logistika oqimlarini tashkil etishda diversifikatsiyaning ahamiyatini ug'ulaydi. Bunday sharoitda O'zbekiston maksimal moslashuvchanlikni namoyish etib, eksport va import tashuvlari xarajatlarini kamaytirish hamda istiqbolli bozorlar, jumladan, Yevropa Ittifoqiga chiqish uchun eng samarali yo'llaridan foydalanishga harakat qilmoqda. 2024-yilda O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan tashqi savdosi 6,4 milliard dollarga yetdi. O'tgan yil natijalariga ko'ra, mamlakatning eng yirik 20 ta savdo hamkori qatoridan Germaniya, Fransiya, Shveytsariya, Italiya va Polsha kabi Yevropa davlatlari o'rin olib, ular bilan umumiy savdo hajmi 1,4 milliard dollardan oshdi. O'zbekiston uchun tovarlarni Yevrozonaga yetkazib berishning eng maqbul yo'li hamon Qozog'iston, Rossiya va Belarus hududidan o'tadigan Shimoliy koridor bo'lib qolmoqda. 2023-yilda “O'zbekiston-Qozog'iston-Rossiya-Belarus-Yevropa Ittifoqi” temiryo'l marshruti orqali 1 million tonnadan ziyod yuk tashildi. Asosiy transport tugunlaridan biri Polshadagi Malaszewicze temiryo'l terminali bo'lib, u erga Markaziy Osiyodan yuklar Belarus va Polsha chegarasidagi Brest-Terespol chegara nazorat pinkti orgali o'tib keladi. Shimoliy koridor tarkibiga kiruvchi mazkur quruq port Yevropa Ittifoqi va Xitoy o'rtasidagi temir yo'l savdosining 90 foizdan ortig'ini o'zidan o'tkazadi. Joriy yilning yanvarida O'zbekiston Prezidenti hukumatga mahalliy tashuvchilar uchun Belarusning Brest hududi orqali Polshaga maxsus transport koridorini yaratish imkoniyatini o'rganish bo'yicha topshiriq berdi. Bu tez buziladigan mahsulotlar, asosan meva va sabzavotlarni Yevropa bozoriga tezkor yetkazib berish zaruratidan kelicb chiqqan qadamdir. Aytish joiz, yuqori logistika xarajatlari, shuningdek, xavfsizlik nuqtai nazaridan g'arbiy yo'nalishdagi avtomobil marshrutlarida joriy etildan ayrim cheklovlar O'zbekiston va Polsha o'rtasidagi savdoga ta'sir ko'rsatmoqda. 2024-yilda ikki tomonlama savdo aylanmasi 400 million dollardan oshgan bo`lsa, 2025-yilda 383,7 million dollarga qisqargan. Yuklar oqimini Polsha, Litva va Latviyagacha tortilgan temir yo'llarga yo'naltirish Markaziy Osiyo hamda Yevropa o'rtasidagi tashuvlarda transport xarajatlarini sezilarli kamaytirishi mumkin. Ammo bu shimoliy temiryo'l marshrutlarining samaradorligiga ta'sir qiluvchi infratuzilmaviy hamda bojxona tartib-taomillari bilan bog'liq joriy muammolarni hal etishni taqazo etadi. O'zaro savdoni rag'batlantirish va tranzit salohiyatini rivojlantirish maqsadida O'zbekiston va Polsha hamkorlikda logistika markazlarini barpo etishni rejalashtirmoqda. Ulardan biri Sharqiy Yevropaning eng yirik transport-tranzit markazlaridan biri hisoblangan Mazoviya viloyatida tashkil etiladi. Bu O'zbekistonning Yevropa ta'minot zanjirlariga integratsiyalashuviga zamin yaratish barobarida, 2025-yil oktyabrda Yevropa Ittifoqi bilan imzolangan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitimini amalda tatbiq etish imkoniyatini kengaytiradi. * Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.

outputs_in

Sharh

06 Mart 2026

Harbiy inqirozlar sharoitida O‘zbekiston yuk oqimlarini muqobil yo‘nalishlarga qayta yo‘naltirmoqda

Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi O‘zbekiston uchun yuklarni Yevropa va Janubiy Osiyo kabi istiqbolli eksport bozorlariga yetkazib berishning samarali yo‘llaridan foydalanish xavfini oshirmoqda. Bir oy avval O‘zbekiston Transport vazirligi muammoli mamlakatlarni chetlab o‘tish uchun muqobil transport yo‘laklarini taqdim etgan edi. Ular orasida Eron, Afg‘oniston va Pokiston orqali o‘tadigan yo‘nalishlar ham e’lon qilingan. Biroq hozirga kelib har uchala davlat bir vaqtning o‘zida harbiy mojarolarning faol bosqichiga jalb etilgani sababli, ularning hududi orqali yuk tashish imkoniyatlari cheklanib qoldi. Bu esa ochiq dengizlardan geografik uzoqligi tufayli tashqi savdoda shundoq ham yuqori transport xarajatlariga mahkum bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlarini o‘ta qiyin ahvolga solib qo‘yadi. 2025-yilning yozida 12 kunlik Eron–Isroil urushi paytida O‘zbekiston Eronning janubiy portlariga zudlik bilan o‘rinbosar izlashga majbur bo‘lgan, bu esa logistika xarajatlarining 30 foizga oshishiga olib kelgandi. Hozirgi sharoitda mamlakat nafaqat Eron, balki Hind okeaniga chiqish imkonini beruvchi Afg‘oniston-Pokiston tranzitidan ham vaqtincha voz kechish zarurati tufayli bundan-da ko‘proq zarar ko‘rishi mumkin. 2025-yil davomida O‘zbekiston Eron orqali jami 1,2 million tonna yuk tashidi. Yuklar asosan Turkiya va G‘arb davlatlari yo‘nalishida jo‘natildi. Shu bilan birga, Eron portlari 330 ming tonnadan ortiq O‘zbekiston yuklariga xizmat ko‘rsatdi. Ho‘rmuz bo‘g‘ozining deyarli yopib qo‘yilishi dunyoning ushbu eng muhim transport-energetika arteriyasida savdo kemalari, ayniqsa, neft tankerlari harakatini keskin cheklamoqda. Bo‘g‘oz akvatoriyasi doirasida dengiz sug‘urtasi nafaqat haddan tashqari qimmatlashdi, balki uni topish ham qiyinlashib qoldi, bu esa tranzit kemalari qatnovining 80 foizga qisqarishiga olib keldi. Bularning barchasi mintaqadagi eng yirik transport tuguni – Fors ko‘rfazining Eron sohilida joylashgan Bandar Abbos porti faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ehtiyot chorasi sifatida Eronning shimoliy portlari – Kaspiy va Anzali ham o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Hozircha quruqlikdagi savdo yo‘llari, jumladan, Saraxs chegara o‘tkazish punkti orqali Eron-Turkmaniston chegarasini kesib o‘tuvchi yo‘laklar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, Eron “Xof–Hirot” temiryo‘l liniyasi orqali Afg‘oniston bilan transport aloqasini saqlab qolgan. Yaqinda Afg‘oniston tomoni shaharlar o‘rtasida yuk poyezdlari uzluksiz qatnayotganini ma’lum qildi. Janubiy yo‘nalishdagi xavfsizlikka oid tahdid tufayli O‘zbekiston yuk oqimlarini murakkabroq va uzunroq yo‘nalishlarga yo‘naltirishga majbur bo‘lmoqda. Gibraltar bo‘g‘ozi, O‘rta yer, Egey, Marmar va Qora dengizlar orqali, so‘ngra Rossiya va Qozog‘iston temiryo‘llari orqali amalga oshiriladigan aralash tashuvlar ko‘rib chiqilishi mumkin. O‘zbekiston (Andijon) – Qirg‘iziston (O‘sh, Ergashtom) – Xitoy (Qashqar, Urumchi) / Xitoyning Tinch okeani portlari transport yo‘lagi yana bir muqobil variant sifatida ko‘rilmoqda. Yevropa Ittifoqiga olib boruvchi Shimoliy temiryo‘l koridori ham o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda. * Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.

outputs_in

Sharh

04 Mart 2026

Shakllanayotgan ko‘p qutbli tizimda Xitoyning pozitsiyalanishi

Xitoyning zamonaviy tashqi siyosati mamlakatning o‘zgarib borayotgan xalqaro tizimga moslashuvi hamdayangi global sharoitlarda barqaror pozitsiyani ta’minlashga intilishini aks ettiradi. Xitoylik ekspertlarningfikricha, dunyo AQSh bilan raqobat kuchayishi fonida yanada murakkab va ziddiyatli ko‘p qutbli tartibgao‘tish jarayonini boshdan kechirmoqda. Shu sharoitda XXR o‘zini global boshqaruv tizimini isloh qilish vaGlobal Janub davlatlarining rolini kuchaytirish tarafdori bo‘lgan barqarorlashtiruvchi kuch sifatida namoyonetadi. Mazkur yo‘nalishni ilgari surishda asosiy vositalar sifatida Global rivojlanish tashabbusi, Global xavfsizliktashabbusi va Global sivilizatsiya tashabbusi maydonga chiqmoqda. Pekin boshqa davlatlarga siyosiymodellarni majburan tatbiq etmaslik prinsipini ta’kidlab, suverenitet va o‘zaro manfaat tamoyillariga urg‘uberadi. Shu bilan birga, ko‘p tomonlama hamkorlik formatlari va moliyaviy institutlar orqali XXRninginstitutsional ishtiroki kengayib borayotgani xalqaro hamkorlikning muqobil mexanizmlarini shakllantirishgaintilishdan dalolat beradi. Mazkur kontekstda Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlar Xitoy tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Pekin amaldagi xalqaro sharoitni inobatga olgan holda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni davom ettirmoqda. O‘zaro aloqalar mavjud xalqaro cheklovlar doirasida olib borilib, barqaror savdo-iqtisodiy munosabatlarni saqlab qolishga qaratilgan. Asosiy hamkorlar bilan munosabatlarni rivojlantirish bilan bir qatorda, Tayvan masalasi ham XXR tashqi siyosat kun tartibida muhim o‘rin tutadi. Xitoy ushbu yo‘nalishda harbiy-siyosiy vositalarni diplomatik mexanizmlar bilan uyg‘unlashtirgan holda o‘z pozitsiyasini izchil mustahkamlab bormoqda. Xitoy ekspert va akademik doiralarida turli ssenariylarning iqtisodiy va strategik oqibatlarini hisobga olgan holda muvozanatli yondashuv zarurligi qayd etiladi. Shu bois Pekin bosqichma-bosqich strategiyani afzal ko‘rib, siyosiy-diplomatik tartibga solish imkoniyatlarini saqlab qolgan holda chora-tadbirlar kompleksini kengaytirmoqda. Paralel ravishda XXR Yaqin Sharq, Afrika va umuman Global Janub mamlakatlarida faoliyatini kuchaytirmoqda. Iqtisodiy hamkorlik siyosiy va xavfsizlik sohasidagi aloqalar bilan to‘ldirilmoqda. Afrika davlatlari bilan bojxona imtiyozlarining kengaytirilishi, infratuzilmaviy loyihalar hamda Fors ko‘rfazi mintaqasidagi energetik kelishuvlar Xitoyning muqobil hamkorlik markazi sifatidagi rolini mustahkamlamoqda. Xitoy Markaziy Osiyo davlatlari bilan ham iqtisodiy hamkorlik va siyosiy muloqotni kengaytirmoqda. Mintaqa “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusining quruqlik yo‘laklarini amalga oshirishda, shuningdek mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikda muhim yo‘nalish sifatida ko‘rilmoqda. Xitoy ishtirokining kengayishi savdo-investitsiya loyihalari va institutsional hamkorlik formatlarining rivojlanishi bilan kechmoqda, bu esa infratuzilma modernizatsiyasi, logistika va iqtisodiy rivojlanish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga, bunday tashabbuslarning uzoq muddatli barqarorligi ularning moliyaviy muvozanati, shaffofligi va milliy rivojlanish strategiyalariga mosligiga bog‘liq. Umuman olganda, XXR tashqi siyosatining zamonaviy ustuvor yo‘nalishlari Pekinning o‘zini xalqaro maydonda faolroq pozitsiyalashga intilayotganini ko‘rsatadi. Iqtisodiy vositalar, institutsional tashabbuslar va moslashuvchan diplomatik yondashuv uyg‘unligi orqali Xitoy o‘z rolini o‘zgarib borayotgan global tizim sharoitida mustahkamlashga harakat qilmoqda. * Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.

outputs_in

Sharh

19 Fevral 2026

Noyob yer metallarining jahon bozori haqida

Muallif: Zulhayo Nishanova, JIDU shogird-o‘qituvchisi Noyob yer metallari 17 ta kimyoviy elementdan iborat bo‘lib, ular akkumulyatorlar, doimiy magnitlar, elektronika, qayta tiklanuvchi energetika uskunalari, elektr transporti hamda yuqori texnologiyali sanoat tarmoqlarida qo‘llaniladi. Ushbu materiallar global energetik o‘tish, raqamlashtirish jarayonlari va zamonaviy sanoatni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Global bozor va tendensiyalar Noyob yer elementlarining jahon zaxiralari notekis taqsimlangan. AQSh Geologiya Xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, aniqlangan zaxiralarning sezilarli qismi bir nechta davlatlarda, jumladan Xitoy, Braziliya, Hindiston va Avstraliya hududlarida jamlangan. Zamonaviy bozor tuzilmasi faqat xomashyo qazib olish bilan cheklanmay, balki uni qayta ishlash, elementlarni ajratish va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlari atrofida shakllanmoqda. Aynan shunday zanjirlarda ishtirok etish davlatlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini belgilab beradi. Noyob yer metallariga bo‘lgan talab “yashil” energetika, elektr transporti va raqamli texnologiyalar rivoji fonida barqaror o‘sib bormoqda. Xalqaro energetika agentligi baholariga ko‘ra, ushbu o‘sish uzoq muddatli va tarkibiy xususiyatga ega bo‘lib, yaqin o‘n yilliklarda yanada kuchayadi. Markaziy Osiyo va O‘zbekiston uchun imkoniyatlar Markaziy Osiyo mamlakatlari istiqbolli mineral-xomashyo salohiyatiga ega bo‘lib, Yevropa va Osiyo bozorlarining o‘rtasida qulay geografik joylashuvga ega. Bu ularning muhim minerallar bo‘yicha xalqaro ta’minot zanjirlariga faolroq integratsiyalashuvi uchun sharoit yaratadi. Oʻzbekiston noyob yer metallarini rivojlantirishni sanoatlashtirish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda. Qazilma boyliklardan foydalanish sohasidagi islohotlar va investitsiya muhitining yaxshilanishi geologik qidiruv, qazib olish hamda xomashyoni dastlabki qayta ishlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratmoqda. Noyob yer metallari sektorini rivojlantirish quyidagilarni o'z ichiga olgan kompleks yondashuvni talab qiladi: xalqaro hamkorlar ishtirokida geologik qidiruv va qazib olish; dastlabki qayta ishlash va boyitish quvvatlarini yaratish; o‘rta muddatli istiqbolda energetika va sanoat elektronikalari uchun ayrim butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish. Xalqaro hamkorlik O‘zbekiston muhim minerallar va ularni qayta ishlash texnologiyalari sohasida bir qator xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda. Yevropa Ittifoqi, AQSh va Yaponiya bilan hamkorlik barqaror ta’minot zanjirlarini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, ekologik va ijtimoiy mas’uliyat (ESG) standartlarini joriy etish hamda texnologik hamkorlikka qaratilgan. Hamkorlik loyihalari mamlakat ichida qo‘shimcha qiymatni oshirish va sanoat salohiyatini mustahkamlash vositasi sifatida ko‘rilmoqda. Tarmoqning barqaror rivojlanish shartlari Noyob yer metallari sektorini rivojlantirish quyidagilarni o‘z ichiga olgan kompleks yondashuvni talab etadi: uzoq muddatli investitsiyalarni jalb qilish; qayta ishlash hamda ilmiy-texnologik infratuzilmani rivojlantirish; malakali kadrlar tayyorlash; zamonaviy ekologik standartlar va jamoatchilik bilan muloqot mexanizmlarini joriy etish. Muvozanatli sanoat siyosati mamlakatning faqat xomashyo yetkazib beruvchi sifatida mustahkamlanib qolishining oldini oladi hamda texnologik zanjir bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilish uchun sharoit yaratadi. * Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.

outputs_in

Sharh

19 Fevral 2026

Eron Xitoyga qisqa yo‘l izlamoqda

Eron Islom Respublikasi hukumati Afg‘onistonning Xitoy Shinjon viloyati bilan chegaradosh Badaxshon viloyati orqali “Eron-Afg‘oniston-Xitoy” transport yo‘lagini ishga tushirish masalasini dolzarblashtirmoqda. Loyihada Hirot, Mozori Sharif shaharlari hamda “dunyo tomi” deb ataluvchi baland tog‘li Vaxon yoki Kichik Pomir vodiysi o‘rtasida temir yo‘l aloqasini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Qadimda Sharqni G‘arb bilan bog‘lagan Buyuk ipak yo‘lining asosiy yo‘nalishlaridan biri aynan shu yerdan o‘tgan. Eron manbalariga ko‘ra, Vaxan yo‘lagining ishga tushirilishi Xitoydan Yevropaga yuklarni yetkazib berish vaqtini yarmiga qisqartiradi. Bu esa Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmanistonni o‘z ichiga olgan Markaziy Osiyo davlatlari orqali mavjud yetkazib berish zanjirlariga nisbatan ulkan ustunlik beradi. Bir yil avval Eron Transport va shaharsozlik vazirligi umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq bo‘lgan to‘qqizta tranzit temir yo‘l yo‘lagini shakllantirish rejasini e’lon qilgan edi. Ularning ayrimlari Afg‘onistonni kesib o‘tadi, masalan, Tehron 2000-yillarning boshidan beri ilgari surayotgan Besh millat temir yo‘l yo‘lagi. Yana bir strategik ustuvor yo‘nalish, chamasi, Xitoyga transafg‘on yo‘lagi hisoblanadi. Har ikkala loyihaga 225 kilometrlik "Xaf-Hirot" temir yo‘l liniyasi qurilishi asos bo‘ldi, uning dastlabki uch bosqichi 2020-yilda foydalanishga topshirildi. Oxirgi uchastkani yaqin kelajakda ishga tushirish rejalashtirilmoqda. 2025-yil 22-oktyabrda Tehron Anqara va Kobul bilan Hirotdan Mozori Sharifgacha 1435 mm kenglikdagi temir yo‘lni birgalikda qurish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ushbu maqsadlar uchun Eron misli ko‘rilmagan miqdorda 2,5 milliard dollar ajratadi. Keyinchalik Eron shimoli-sharqiy Qunduz viloyati orqali Vaxon yo‘lagiga temir yo‘l o‘tkazishni rejalashtirmoqda. 2023 yildan beri Tehron bu borada Afg‘oniston rasmiylari bilan muzokaralar olib bormoqda. Toliblar, o‘z navbatida, Xitoy bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport aloqasini o‘rnatish uchun amaliy sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. 2023-yil sentyabr oyida Afg‘oniston byudjeti mablag‘lari hisobidan 2019-yilda boshlangan Xitoy bilan chegaradagi Vahjir dovonigacha bo‘lgan 120 kilometrlik Vaxan yo‘lagi bo‘ylab shag‘al yotqizish ishlari qayta tiklandi. 2025-yil oxirida Qishloq taraqqiyoti va reabilitatsiya vazirligi ishlarning 70 foizi yakunlangani haqida ma’lum qildi. Toliblar sharqiy qo‘shnisining Afg‘onistonni “Bir makon, bir yo‘l” global tashabbusiga qo‘shish istagidan foydalanib, Vaxan bo‘ylab transport infratuzilmasini qurish uchun Pekindan moliyaviy yordam so‘rab bir necha bor murojaat qilgan. Biroq, xavfsizlikka tahdidlar tufayli Xitoy diplomatiyasi hozircha savdo maqsadlarida umumiy chegarani ochish masalasida kutish pozitsiyasini egallab turibdi. Buning o‘rniga Afg‘oniston bilan aloqani yo Pokiston orqali - Xitoy-Pokiston iqtisodiy yo‘lagini (XPIY) Badaxshongacha kengaytirish orqali, yo bo‘lmasa Markaziy Osiyo mamlakatlari orqali o‘rnatish afzal ko‘rilmoqda. Ikkinchi holat ro‘y bersa, Tojikiston Xitoy va Afg‘oniston o‘rtasida ishonchli vositachiga aylanib, o‘zining tranzit mavqeini mustahkamlashi mumkin. * Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.

outputs_in

Sharh

12 Fevral 2026

Buyuk bo‘linish: global savdoni o‘zgartirayotgan hayratlanarli haqiqatlar

Jahon iqtisodiy forumining 56-yillik yig‘ilishi “Muloqot ruhi” optimistik mavzusi ostida o‘tkazildi. Shveytsariya Alp tog‘larining sokin, qor bilan qoplangan cho‘qqilari chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni boshdan kechirayotgan global tizimga keskin zid edi. 130 mamlakatdan 3000 nafar amaldor “sayyora chegaralari” va “umumiy farovonlik”ni muhokama qilish uchun yig‘ilgan bo‘lsa-da, xususiy muhokamalar va asosiy nutqlar yanada aniqroq nuqtai nazarni ochib berdi. Siyosatchilar endi shunchaki sikllarni boshqarishdan tashqariga chiqishlari kerak; ular global tuzilmadagi jiddiy tanaffusni bartaraf etishlari kerak. Eskirgan savdo qoidalari xavfsizlik, suverenitet va dirijizmga qaratilgan yangi qoidalar bilan almashtirildi. So‘nggi o‘n yillikda dunyo yetakchilari o‘z qo‘rquvlarini yo‘qotish uchun “o‘tish davri” atamasidan foydalanib kelishdi. Ular dunyo shunchaki XX asrning raqamli, ekologik jihatdan barqarorroq, ammo baribir o‘zaro bog‘liq versiyasiga aylanayotganiga ishonishdi. Davos 2026 bu aniqlik tuyg‘usini barbod qildi. Ko‘pchilik endi biz tsiklik o‘tish emas, balki strukturaviy yorilishdan o‘tayotganimizga qo‘shiladi. Kanada Bosh vaziri Mark Karni ushbu haftaning eng jiddiy bahosini berdi: “Ochig‘ini aytsam, Biz o‘tish davrini emas, balki yorilish davrini boshdan kechirmoqdamiz. Bu yorilish shunchaki moslashishdan ko‘proq narsani talab qiladi. Bu ishlarning haqiqiy holati haqida ochiqlikni talab qiladi”. Bu “halollik” o‘tgan asr davomida tashkiliy faoliyatni tarixan boshqarib kelgan qoidalar endi avvalgidek qat'iy emasligini tan olishni anglatadi. Bu uzilish universal hamkorlik g‘oyasidan qat'iy chetga chiqishni anglatadi. Bu rahbarlarni passiv kuzatishni to‘xtatishga va turli xil shok manbalari va turli xil beqarorlik bilan tavsiflangan voqelikni tan olishga majbur qiladi. Xaos haqidagi xabarlarga qaramay, global savdo kutilmagan, deyarli jasur bardoshlilikni namoyish etdi. Davosning chidamlilik paradoksi geosiyosiy qiyinchiliklar kuchaygan sari savdo to‘xtamaydi, aksincha, u moslashadi va yangi, ko‘pincha murakkabroq harakat yo‘llarini ochadi, deb ta'kidlaydi. Biz doimiy ravishda savdo bilan shug‘ullanamiz va buni davom ettiramiz. “Savdo daryoda oqayotgan suvga o‘xshaydi. Agar to‘siq paydo bo‘lsa, u uni aylanib o‘tadi”, dedi Xalqaro valyuta jamg‘armasining boshqaruvchi direktori Kristalina Georgieva. Bu “suv” tobora ko‘proq raqamli va xizmat ko‘rsatish kanallari orqali oqib kelmoqda, asosan jismoniy tovarlar bilan bog‘liq qiyinchiliklardan xoli. Savdo yangi ikki tomonlama va mintaqaviy mexanizmlar tufayli tezlashmoqda. Yaqinlashib kelayotgan Yevropa Ittifoqi-Merkosur kelishuvi va yaqinlashib kelayotgan Yevropa Ittifoqi-Hindiston kelishuvi, “barcha bitimlarning onasi” deb nomlanuvchi, savdoning an’anaviy xalqaro to‘siqlarni chetlab o‘tib, kengayish uchun innovatsion yo‘llarni qanday ochayotganini namoyish etadi. Yilning eng hayratlanarli statistikasi 2019-yildan beri sanoat siyosatiga aralashuv ko‘lamining 262 foizga oshganligidir. Davlat boshqaruvining sezilarli darajada o‘sishi davlat aralashuvi oxirgi chora chorasidan zamonaviy iqtisodiy siyosatning markaziy tarkibiy qismiga aylanganligini ko‘rsatadi. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron “Protektsionizm himoya bilan bir xil emas” deb e'lon qildi va shu bilan yangi doktrinani aks ettirdi. Bu o‘zgarish nafaqat jismoniy shaxslarning shaxsiy hayotiga bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘liq; u shunchaki bozor samaradorligidan ko‘ra muhimroq bo‘lib qolgan to‘rtta strategik imperativ bilan bog‘liq: asosiy tovarlarning barqarorligini saqlash, mamlakatning ilg‘or texnologiyalar sohasida yetakchi sifatidagi maqomini saqlab qolish, savdoning sayyoramizning resurs cheklovlari va iqlim maqsadlariga mos kelishini ta'minlash va ichki mehnat bozorlarini himoya qilish uchun davlat hokimiyatidan foydalanish. Xususiy sektor hukumat aralashuvining keskin o‘sishini boshqarish bilan birga, bunday qat'iy hukumat choralari bilan bog‘liq salbiy ta'sirlar va murakkabliklarni yumshatish muammosiga duch kelmoqda. Global landshaft bir qutblilikdan ko‘p qutblilikka o‘tayotgan bir paytda, eng muvaffaqiyatli kompaniyalar aktivlarni sotish va bozordan chiqish bilan tavsiflangan “reaktiv xavflarni boshqarish”dan “geosiyosiy kuch” deb nomlanuvchi proaktiv yondashuvga o‘tmoqdalar. Bu tashkilotning strategik biznes afzalliklariga erishish uchun geosiyosiy razvedkadan foydalanish qobiliyatini anglatadi. Jahon iqtisodiy forumi oʻzining sammitida Geosiyosiy yetakchilik tarmogʻini tashkil etdi va bu rolning yuqori lavozimdagi lavozimga koʻtarilganidan dalolat beradi. Biroq, sezilarli tafovut saqlanib qolmoqda: kompaniyalarning atigi 20 foizi toʻgʻridan-toʻgʻri yuqori lavozimdagi lavozimga hisobot beradigan geosiyosiy mavqega ega. Forum ushbu “koʻnikma”ni rivojlantirish uchun zarur boʻlgan beshta asosiy komponentni aniqlaydi: Bosh direktor va direktorlar kengashi o‘rtasida kutish va ko‘rish yondashuvidan proaktiv imkoniyatlar yaratishga o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishish. Mintaqaviy guruhlardan olingan tizimli stsenariy rejalashtirish va dala ma’lumotlaridan foydalanish. Geosiyosiy mutaxassislarning asosiy qaror qabul qilish tuzilmalariga integratsiyasi. Diplomatiya va siyosat sohasidagi tajribani korporativ mantiq va strategiyani tushunish bilan birlashtirish. Ularning moliyaviy xarajatlarga, ishlab chiqarish joylariga va ta'minot zanjiri konfiguratsiyasiga bevosita ta’sirini ta'minlash. AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiyani sotib olish taklifi bilan bog‘liq voqea xavfsizlikka ustuvor ahamiyat beradigan yangi savdo strategiyasining namunasidir. Yevropa mamlakatlari rejani rad etgandan so‘ng, ma'muriyat ularning sakkiztasiga soliq solish bilan tahdid qildi. NATO bosh kotibi Mark Ruttening qat'iy aralashuvi bu harakatlarni to‘xtatdi, garchi Davos ishtirokchilari uchun saboq aniq bo‘lsa ham. Savdo choralari hozirda iqtisodiy emas, balki strategik maqsadlar uchun qo‘llanilmoqda, ularni oldindan ko‘rish ko‘pincha qiyin. “Milliy xavfsizlik” tushunchasi noaniq bo‘lib qoldi, iqtisodiy siyosat bilan bog‘liq bo‘lib, korporativ rahbarlarni nafaqat bozor tendentsiyalarini kuzatishga, balki strategik manevralar bilan ham shug‘ullanishga undadi. Grenlandiyadagi voqealar hozirgi vaziyatda xavfsizlik har qanday kunda faqat suveren hokimiyatning ixtiyori bilan belgilanishini yaqqol eslatadi. Global savdo manzarasi o‘zgarib borar ekan, eski qoidalar endi qo‘llanilmaydi. “Buzilish” qaytarib bo‘lmaydigan holat, ammo barqarorlik mexanizmlari paydo bo‘la boshlamoqda. Yangi o‘sish strategiyalari kichik va o‘rta korxonalar hamda rivojlanayotgan iqtisodiyotlar uchun teng sharoit yaratadigan sun'iy intellekt va raqamli vositalarning rivojlanishi bilan tavsiflangan “savdo texnologiyalari paradoksi”ni o‘z ichiga oladi. Zamonaviy jamiyatda savdo moliyaviy bitimlardan tashqariga chiqadi; u xavfsizlik, suverenitet va omon qolishni ham o‘z ichiga oladi. Biznesdagi asosiy ustunlik endi shunchaki hajm emas, balki moslashish tezligidir. * Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.