Markaz rahbari
Fazliddin Djamalov — JIDU huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) Yevropani o‘rganish markazi rahbari. JIDUda bakalavr va magistr darajalarini, shuningdek, Buyuk Britaniyaning Glazgo universitetida xalqaro munosabatlar yo‘nalishi bo‘yicha fan darajasini olgan.
Professional tajribasi tashqi siyosiy tahlil, ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatni qamrab oladi. 2023-yildan buyon IXTI tizimida, jumladan, Amerika tadqiqotlari markazida ilmiy lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2026-yilda Yevropa tadqiqotlari markazi rahbari etib tayinlangan. Shuningdek, 2024-yildan buyon JIDUda dars beradi hamda davlat idoralari uchun tahliliy materiallar tayyorlashda ishtirok etadi.
Ilmiy tadqiqotlari C5+1 formati, O‘zbekistonning strategik subyektligi va iqtisodiy barqarorligi masalalariga qaratilgan. Ilmiy qiziqishlari transatlantik munosabatlar, AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik, mintaqaviy integratsiya, Turkiy davlatlar tashkiloti hamda AQSh siyosiy tizimidagi lobbizmni qamrab oladi.
Jahon banki, Nippon jamg‘armasi, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot vazirligi (FCDO) hamda Koreya jamg‘armasi (Korea Foundation) ko‘magida amalga oshirilgan xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etgan.
20 dan ortiq ilmiy va tahliliy nashrlar muallifi. Xalqaro konferensiyalar va ekspertlik muloqotlarida muntazam ishtirok etadi. Attashe diplomatik martabasiga ega.