Abbos Boboxonov

experts_in

Abbos Boboxonov

Tadqiqiotchi

Osiyo-Tinch Okeani Tadqiqotlari Markazi

Tarjimai hol

2007 y. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti (bakalavr), 2009 y. Magistratura bosqichini tamomlagan. 2010-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, Bosh ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018-2020 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Davlat va jamiyat qurilishiga innovatsiyalarni joriy qilish hamda tadqiq etish boshqarmasi boshlig‘i. 2021 y. – h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tayanch doktoranti. Shunigdek, 2022 y. oktyabr oyidan JIDU huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar Instituti Umumiy bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

Abbos Boboxonovning ilmiy qiziqishlari va asosiy tadqiqot yo’nalishlari - Xitoy tashqi siyosati, ShHT, Xitoy - Markaziy Osiyo munosabatlari, Xitoyning “yumshoq kuch” siyosati, Bir kamar, Bir belbog’ tashabbusi (BRI) va Osiyo onfratuzilma investitsia banki (AIIB). 15 dan ortiq ilmiy maqolalari turli etakchi mahalliy va xalqaro jurnallarda chop etilgan.

Nashrlar