Xitoyning global boshqaruv tashabbusi: konseptual asoslari va xalqaro ahamiyati

Tahliliy nashrlar

01 Avgust 2026

Ulashish

Xitoyning global boshqaruv tashabbusi: konseptual asoslari va xalqaro ahamiyati

JIDU magistranti Farangiz Junashevaning tahliliy ma’lumotnomasida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tomonidan 2025-yilda taqdim etilgan Xitoyning Global boshqaruv tashabbusi (GBT) hamda uning Pekinning xalqaro tartibotni isloh qilishga doir keng qamrovli nuqtayi nazaridagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Unda tashabbusning suveren tenglik, ko‘p tomonlamalik, Birlashgan Millatlar Tashkilotining markaziy o‘rni, Global Janub vakillarining kengroq ishtiroki hamda global kuchlar muvozanatidagi o‘zgarishlarni aks ettirish maqsadida xalqaro institutlarni isloh qilish kabi asosiy tamoyillari tahlil qilinadi.

Ma’lumotnoma GBTni Xitoyning Global rivojlanish tashabbusi (GRT), Global xavfsizlik tashabbusi (GXT), Global sivilizatsiya tashabbusi (GST) va “Bir makon, bir yo‘l” singari global tashabbuslari qatorida kengroq ko‘lamda ko‘rib chiqadi. GBTning rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan, zero, ular tashabbusning vakillik, rivojlanish huquqi va global qoidalarni yaratishda faolroq ishtirok etishga urg‘u berishini xalqaro hamkorlikka muqobil yondashuv sifatida ko‘rishi mumkin. Shu bilan birga, muallif Xitoyning adolatli global boshqaruv haqidagi bayonotlari uning iqtisodiy va tashqi siyosat amaliyotiga qay darajada mos kelishi borasidagi tanqidiy qarashlarni ham o‘rganadi.

Tahlil yakunida GBT Xitoyning xalqaro maydondagi o‘rni keng miqyosda o‘zgarayotganini aks ettirishi qayd etiladi: mamlakat mavjud global boshqaruv tizimiga moslashishdan uning me’yorlari, institutlari va mexanizmlarini shakllantirishda faolroq rol o‘ynashga intilmoqda. Shu bois, ushbu tashabbusni ham global boshqaruvni isloh qilish bo‘yicha konseptual taklif, ham Pekin xalqaro miqyosda o‘zining normativ va siyosiy ta’sirini kengaytirishga urinayotgan bir vosita sifatida tushunish mumkin.

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.


China’s Global Governance Initiative: Conceptual Foundations and International Significance

Yuklab olish