Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) Nippon jamg‘armasi ko‘magida 2025-2026 yillarda “O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi energetik xavfsizlik va strategik hamkorlik” nomli keng qamrovli tadqiqot va almashinuv tashabbusini amalga oshirmoqda.
Ushbu loyiha Markaziy Osiyoda energetika xavfsizligining tobora ortib borayotgan strategik ahamiyatiga, xususan, O‘zbekistonning energetika sohasidagi hamkorlikni diversifikatsiya qilish va global barqarorlik dasturlariga moslashish intilishlariga javob beradi. Shuningdek, u Yaponiyaning mintaqada fan, texnologiya va “yashil” energetika diplomatiyasi bo‘yicha asosiy rivojlanish hamkori sifatidagi rolini aks ettiradi. Loyiha O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida uzoq muddatli energetik barqarorlik va mintaqaviy hamkorlik asoslari bo‘yicha o‘zaro tushunishni mustahkamlash uchun bilimlar bazasini va siyosatga yo‘naltirilgan muloqotni shakllantirishni maqsad qilgan.
Loyihaning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
Kutilayotgan natijalar:
Loyiha tafsilotlari
Moliyalashtirish: Nippon jamg‘armasi (Yaponiya)
Muddati: 2025-yil 1-iyun - 2026-yil 31-mart
Tadqiqot jamoasi: Sodiq Safoyev, Akram Umarov, Hayotjon Ibragimov va taklif etilgan tadqiqotchilar