АQSh bilan migratsiya sohasidagi yangi muloqotlar O‘zbekiston tashqi mehnat siyosatida sifat jihatidan yangi bosqich boshlanayotganini kO‘rsatadi. Eʼtiborli jihati shundaki, mazkur hamkorliklar faqat mehnat eksportini oshirishga emas, balki inson kapitalini xalqaro standartlar asosida tayyorlashga qaratilmoqda.
Nyu-Yorkdagi International Migration Review Forum (IMRF) doirasida O‘tgan uchrashuvlar O‘zbekistonning global migratsiya kun tartibida tobora faol ishtirokchiga aylanayotganini namoyon qildi. Аyniqsa, migratsiyani “iqtisodiy zarurat” emas, “inson kapitaliga investitsiya” sifatida talqin qilinishi zamonaviy migratsiya siyosatining muhim kontseptual O‘zgarishidir. Bu yondashuv mehnat migratsiyasini faqat valyuta tushumi yoki ishsizlikni yumshatish vositasi sifatida emas, balki milliy kadrlar salohiyatini xalqaro mehnat bozori talablariga integratsiya qilish mexanizmi sifatida kO‘rishni anglatadi.
АQShning tibbiyot, transport va agrosanoat sohalari bilan O‘rnatilayotgan institutsional hamkorliklar bir necha strategik vazifani hal qiladi. Birinchidan, migrantlarning kasbiy va til kompetentsiyalarini oshirish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlanadi. Ikkinchidan, noqonuniy migratsiya xavflari qisqaradi, chunki rasmiy va maqsadli rekruting kanallari kengayadi. Uchinchidan, O‘zbekistonlik mehnat migrantlarining huquqiy himoyasi masalasi ikki tomonlama muloqotning markaziga chiqmoqda. Shu bilan birga, mazkur jarayon O‘zbekiston tashqi siyosatida “mehnat diplomatiyasi” tushunchasining shakllanayotganini ham anglatadi. Bugun migratsiya masalasi faqat ijtimoiy yoki iqtisodiy emas, balki geosiyosiy va demografik omilga ham aylanib bormoqda. АQSh kabi yuqori malakali mehnat bozoriga chiqish imkoniyatlari O‘zbekiston uchun inson resurslarini global qiymat zanjiriga integratsiya qilish imkonini beradi.
18–19 may kunlari Toshkent shahri xalqaro migratsiya masalalari bO‘yicha muhim muloqot maydoniga aylandi. “Toshkent xalqaro migratsiya forumi – 2026” doirasida dunyoning qariyb 50 ta davlatidan kelgan 600 dan ortiq ekspert, rasmiy va xalqaro tashkilotlar vakillari bir maydonda jam bO‘ldi. Toshkentda Xalqaro migratsiya forumini O‘tkazish tashabbusi esa mamlakatning Markaziy Osiyoda migratsiya siyosatini shakllantiruvchi mintaqaviy platformaga aylanish niyatini kO‘rsatadi. Migratsiya agentligi direktori Behzod Musaev forumidagi nutqida: “migratsiya masalasi bugun faqat mehnat bozori yoki iqtisodiy jarayon emas, balki inson qadri, ishonch va umumiy masʼuliyat masalasiga aylangan”-, deya taʼkidladi. Bugungi global sharoitda davlatlar faqat chegaralar bilan emas, balki ishonch, hamkorlik va inson qadriga munosabat bilan ham baholanadi. O‘zbekiston esa aynan shu tamoyil asosida yangi migratsiya siyosatini shakllantirishga harakat qilmoqda.
* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.