Zarnigor Naimjonova

experts_in

Zarnigor Naimjonova

IXTI doktoranti (PhD)

Antropologiya va Konfliktologiya Markazi

Tarjimai hol

Zarnigor Naimjonova – IXTI doktoranti (PhD), Antropologiya va konfliktologiya laboratoriyasi rahbari, professor Azamat Seitov ilmiy rahbarligida ta’lim olmoqda. U Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida xalqaro munosabatlar va jahon siyosati yo‘nalishida tahsil olgan, shuningdek TDShUda siyosatshunoslik magistri darajasini qo‘lga kiritgan. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida migratsiya bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritgan.  Uning dissertatsiyasi “Migratsiya siyosati O‘zbekiston tashqi siyosatining yo‘nalishi sifatida” mavzusiga bag‘ishlangan. Tadqiqot qiziqishlari O‘zbekistonning boshqa rivojlangan mamlakatlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlarini, shuningdek, migratsiya siyosatini o‘rganishga qaratilgan. U mahalliy va xalqaro nashrlarda chop etilgan bir nechta ilmiy maqolalar muallifidir.

 

U o‘zbek, ingliz va rus tillarini erkin darajada biladi.

 

E-mail: naimjonova.zarnigor@iais.uz