IXTI Energetika diplomatiyasi va geosiyosati markazining yillik tahliliy ma’ruzasi tobora kuchayib borayotgan geosiyosiy beqarorlik va jahon energiya resurslari bozorlaridagi tarkibiy o‘zgarishlar sharoitida global energiya tizimining transformatsiyasini har tomonlama tadqiq etadi. Ma’ruzada energetika xavfsizligi, xalqaro energetika diplomatiyasi va texnologik raqobat sohasidagi asosiy tendensiyalarga bag‘ishlangan tahliliy maqolalar va strategik baholashlar jamlangan bo‘lib, ularning O‘zbekiston Respublikasi uchun ahamiyatiga alohida urg‘u berilgan.
Diqqat markazida jahon energetikasining nisbiy bashorat qilinadigan modeldan mintaqaviy nizolar, savdo urushlari, sanksiya rejimlari va energiya o‘tishining tezlashuvi tufayli yuzaga kelgan “doimiy inqiroz” holatiga o‘tishi turibdi. Ma’ruzada Yaqin Sharq va Lotin Amerikasi inqirozlarining neft bozorlariga ta’siri, Yevropaning Xitoyning strategik ahamiyatga ega xom ashyolariga qaramligi, elektr energiyasi ishlab chiqarish tuzilmasidagi global o‘zgarishlar, shuningdek, AQSH-Xitoy savdo-iqtisodiy qarama-qarshiligining energiya resurslariga bo‘lgan talabga ta’siri kabi masalalar ko‘rib chiqilgan.
Materiallarning alohida qismi energetika siyosatining mintaqaviy jihatlari: Markaziy Osiyo va unga tutash hududlarga bag‘ishlangan. Tahlil mintaqaning energetik barqarorligi uchun Yevropa Ittifoqining ahamiyatini, dunyoning yetakchi davlatlari o‘rtasidagi energetik hamkorlik istiqbollarini, shuningdek, O‘zbekiston va uning eng yaqin hamkorlari, avvalo Turkmaniston bilan hamkorlik modellarining o‘zgarishini qamrab oladi. Energetikada kiberhavfsizlik, ESG kun tartibi va energetika tizimlarini raqamlashtirish sharoitida xatarlarni boshqarish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.