Madinaxon Alimova

experts_in

Madinaxon Alimova

Yetakchi ilmiy xodim

Osiyo-Tinch Okeani Tadqiqotlari Markazi

Tarjimai hol

Madinaxon Alimova Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini siyosatshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan. Hozirda u Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti huzuridagi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi tadqiqotlari markazida ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritmoqda.

 

Avvalroq Madinaxon Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) nashriyot bo‘limida yetakchi xodim lavozimida ishlagan. U yerda u tadbirlarning axborot bilan ta’minlanishi, tahliliy va matbuot materiallarini tayyorlash bilan shug‘ullangan.

 

Shuningdek, u O‘zbekiston Respublikasining Ostona va Moskvadagi elchixonalarida amaliyot o‘tgan bo‘lib, diplomatik va tahliliy ish tajribasiga ega bo‘lgan.

 

Uning ilmiy qiziqishlari Xitoyning tashqi siyosati, raqamlashtirish jarayonlari hamda “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusiga qaratilgan. Uning bitiruv malakaviy ishi “Xitoyning Markaziy Osiyodagi Raqamli Ipak yo‘li strategiyasi” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, bu mavzu Xitoyning mintaqada yangi infratuzilmaviy va texnologik aloqalarni shakllantirishdagi roliga va raqamli transformatsiya masalalariga bo‘lgan chuqur qiziqishini aks ettiradi.

 

E-mail: madina.alimova@iais.uz 

Nashrlar