Dinara Ishbayeva

experts_in

Dinara Ishbayeva

Norezident ilmiy xodim

Yevropa Tadqiqotlari Markazi

Tarjimai hol

Dinara Ishbayeva Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan. 2024-yilda u O‘zbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi (Tehron) elchixonasida qisqa muddatli amaliyot o‘tagan bo‘lib, u yerda diplomatik yozishmalar va vebal notalarni tarjima qilish bilan shug‘ullangan. 2025-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida amaliyot o‘tash orqali kasbiy mahoratini oshirgan. Uning ilmiy qiziqishlari yumshoq kuch diplomatiyasi va milliy o‘zlik tushunchasi, shuningdek, xalqaro munosabatlardagi madaniy-gumanitar hamkorlikni o‘z ichiga oladi. U, shuningdek, ramziy siyosat hamda madaniyat, til va tashqi siyosatning o‘zaro bog‘liqligiga qiziqadi. Ayniqsa, konstruktivistik strukturalizmning nazariy asoslari va ularning Yevropa mamlakatlari, jumladan, Buyuk Britaniya tashqi siyosiy strategiyalarini tahlil qilishda qo‘llanilishi uning e’tiborini tortadi.

Nashrlar