IXTI va Krok instituti Afg‘oniston uchun iqtisodiy istiqbolni shakllantirish bo‘yicha qo‘shma seminar o‘tkazadi

IXTI va Krok instituti Afg‘oniston uchun iqtisodiy istiqbolni shakllantirish bo‘yicha qo‘shma seminar o‘tkazadi

O'tib ketgan tadbirlar

15 Dekabr 2025

Ulashish

IXTI va Krok instituti Afg‘oniston uchun iqtisodiy istiqbolni shakllantirish bo‘yicha qo‘shma seminar o‘tkazadi

2025-yil 18-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) Notr-Dam universiteti (AQSH) huzuridagi Krok xalqaro tinchlik tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda Toshkentdagi JIDUda Afg‘oniston uchun iqtisodiy istiqbolni shakllantirishbo‘yicha qo‘shma seminar o‘tkazadi.

Mazkur seminar 2024-yil noyabr oyida o‘tkazilgan IXTI-Krok instituti qo‘shma vebinariga asoslanib, Afg‘onistonning iqtisodiy istiqbollari va mintaqaviy barqarorlik bo‘yicha ekspertlar muhokamalarini rivojlantirishga, uzoq muddatli iqtisodiy istiqbolni shakllantirishda Markaziy Osiyoning roliga alohida e’tibor qaratishga qaratilgan.

Tadbir Afg‘oniston, O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlaridan strategik mutaxassislar, savdogarlar, bankirlar va ekologiya mutaxassislarini to‘plab, Afg‘oniston-Markaziy Osiyo hamkorligini mustahkamlash va o‘zaro manfaatli iqtisodiy imkoniyatlarni yaratishning amaliy yo‘llarini o‘z ichiga olgan keng qamrovli iqtisodiy istiqbol va strategiyani ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Tayyorlanadigan hujjat mamlakat kelajagi va mintaqaviy barqarorlik masalalari bo‘yicha keng qamrovli ekspertlar ishtirokiga asos bo‘lib xizmat qilishi, shuningdek, Krok instituti tomonidan muvofiqlashtiriladigan Afg‘oniston bo‘yicha muloqot va istiqbolni belgilash jarayonini (DVP) to‘ldirishi ko‘zda tutilgan.

Sessiyalar (I) Markaziy Osiyo va Afg‘oniston o‘rtasidagi moliyaviy va savdo aloqalarini rivojlantirishhamda (II) energetika sohasidagi hamkorlik va ekologik masalalarga bag‘ishlanadi. Kun tartibiga, shuningdek, moderatorlar boshchiligidagi ishchi guruhlar (atrof-muhit, moliya, savdo), konseptual loyiha ishlab chiqish qismi va yakuniy sessiya kiritilgan.

Sana: 2025-yil 18-dekabr, payshanba
Joy: JIDU anjumanlar zali, B bino, 203-xona
Ishchi tillari: ingliz, dari, pashtu
ZOOM-havola:
https://us06web.zoom.us/meeting/register/khI202HuRLCtTPdxYcj-Ww