“O‘zbekistonning energetik xavfsizligi: barqarorlik, transformatsiya va xalqaro hamkorlik” loyihasining yakuniy konferensiyasi

-

O'tib ketgan tadbirlar

08 Aprel 2026

Ulashish

“O‘zbekistonning energetik xavfsizligi: barqarorlik, transformatsiya va xalqaro hamkorlik” loyihasining yakuniy konferensiyasi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti Nippon jamg‘armasi ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonning energetik xavfsizligi: barqarorlik, transformatsiya va xalqaro hamkorlik” nomli tadqiqot loyihasi bo‘yicha yakuniy konferensiyani o‘tkazadi. Tadbir loyihaga doir monografiyaning rasmiy taqdimoti bo‘lib, ushbu sohadagi faoliyatning keyingi bosqichini muhokama qilish uchun maydon vazifasini o‘taydi.

Konferensiya O‘zbekiston energetika sohasining transformatsiyasi hamda uning barqaror rivojlanish, iqtisodiy chidamlilik va mintaqaviy hamkorlikka ta’siriga bag‘ishlanadi. Hukumat vakillari, xalqaro hamkorlar, ilmiy tadqiqotchilar va energetika siyosati bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etadigan tadbirda loyihaning asosiy xulosalari, siyosatga oid tavsiyalar hamda energiya manbalarini diversifikatsiya qilish, institutsional islohotlar va xalqaro hamkorlik orqali O‘zbekistonning energetik xavfsizligini mustahkamlashning istiqboldagi yo‘nalishlari muhokama qilinadi.

Asosiy muhokamalar uchta mavzuga oid sho‘ba yig‘ilishlari doirasida tashkil etiladi. Birinchi sho‘ba yig‘ilishi O‘zbekiston energetika sohasini diversifikatsiya qilish, uning barqarorligi va transformatsiyasi, jumladan, tartibga solish islohotlari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, yadro energetikasini boshqarish hamda tashqi shoklar sharoitida energetik xavfsizlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlanadi. Ikkinchi sho‘ba yig‘ilishida Markaziy Osiyodagi energetika tendensiyalari, elektr energiyasi bozorlarining integratsiyasi, Afg‘onistonning o‘rni hamda kengroq qo‘shnichilikning yoqilg‘i va gaz ta’minoti xavfsizligiga ta’siriga e’tibor qaratgan holda, mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik va transchegaraviy barqarorlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Uchinchi sho‘ba yig‘ilishida suv va energetika resurslari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirishning kelajakdagi yo‘nalishlari hamda iqlim o‘zgarishiga chidamlilik, jumladan, resurslarni transchegaraviy boshqarish, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xatarlar va ularning geosiyosiy oqibatlariga alohida e’tibor qaratiladi.

Konferensiya loyihaning yakuniy hisoboti, monografiya va siyosatga oid tavsiyalarni taqdim etish orqali O‘zbekistonning energetika sohasidagi kelajagiga oid dalillarga asoslangan siyosiy muhokamalarga salmoqli hissa qo‘shishi, shuningdek, mintaqaviy hamkorlik va energetikaga o‘tishning uzoq muddatli strategiyalari bo‘yicha ekspertlar muloqotini chuqurlashtirishga yordam berishi kutilmoqda.

Sana: 2026-yil 10-aprel

Vaqt: 14:00 – 18:00

O‘tkazilish joyi: JIDU anjumanlar zali, “B” bino-203