Energetika diplomatiyasi va geosiyosat markazi mintaqaviy va global masalalarda yadro energetikasining ortib borayotgan strategik ahamiyatini o‘rganish uchun o‘z vaqtida muhokama maydoni bo‘lib xizmat qiladigan Frontier Talks muloqotlarining navbatdagi sessiyasi haqida e’lon qilishdan mamnun.
Energetika sohasidagi ustuvorliklarning o‘zgarishi va geosiyosiy raqobatning kuchayishi sharoitida muhokamalar yadro energetikasining zamonaviy diplomatiya, milliy rivojlanish strategiyalari va uzoq muddatli energiya xavfsizligini shakllantirishdagi roliga qaratiladi.
Sessiyada IXTI Energetika diplomatiyasi va geosiyosat markazi rahbari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) mustaqil tadqiqotchisi Dilshod Olimov hamda “O‘zatom” agentligi mutaxassisi, “MIFI” Milliy tadqiqot yadroviy universiteti va Koreya Respublikasidagi KEPCO Xalqaro yadroviy qurolni tarqatmaslik va xavfsizlik akademiyasi bitiruvchisi Shohmirzo Umarov ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.
Ma’ruzachilar ilmiy va professional tajribaga tayanib, O‘zbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasining qurilishi, 2026-yilgi Parij yadroviy sammitining asosiy yakunlari hamda yadro energetikasi rolini kengaytirishning geosiyosiy oqibatlari bilan bog‘liq muhim masalalarga to‘xtalib o‘tadilar.
Sana: 2026-yil 17-mart
Vaqt: 11:00
O‘tkazilish joyi: IXTI anjumanlar zali