Amerikalik atom energetikasi bo‘yicha ekspert doktor Kelle Barfild bilan Frontier Talks

-

Bo'lajak tadbirlar

04 Avgust 2025

Ulashish

Amerikalik atom energetikasi bo‘yicha ekspert doktor Kelle Barfild bilan Frontier Talks

Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti talabalar, tadqiqotchilar va siyosat sohasidagi mutaxassislarni atom energetikasi sohasidagi manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha taniqli amerikalik ekspert doktor Kelle J. Barfild ishtirokidagi navbatdagi Frontier Talks sessiyasiga taklif etishdan mamnun.

 

Atom energetikasida 38 yildan ortiq kasbiy tajribaga ega bo‘lgan doktor Barfild Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE), Sandiya milliy laboratoriyasi, Fuqarolik tadqiqotlari va ishlanmalari jamg‘armasi hamda Entergy korporatsiyasi kabi yirik tashkilotlar bilan hamkorlik qilgan. U o‘z ma’ruzasida manfaatdor tomonlar bilan birgalikda atom energetikasi va atom infratuzilmasini rivojlantirish mavzusini ko‘rib chiqadi.

 

Unda atom energetikasi sohasida milliy dasturlarni yaratishning asosiy elementlari, jamoatchilik bilan muloqot va ishonchning ahamiyati, shuningdek, xalqaro hamkorlikning o‘rni muhokama etiladi. Bundan tashqari, doktor Barfild AQSH va xalqaro tashkilotlarda atom energetikasi sohasidagi manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha o‘zining serqirra faoliyati davomida to‘plagan tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.

 

Ushbu sessiya soha bo‘yicha jahon miqyosida tan olingan mutaxassis bilan muloqot qilish, atom energetikasini rivojlantirishning siyosiy, texnik va ijtimoiy jihatlarini o‘rganish uchun noyob imkoniyatdir.

 

Sana: 2025-yil 13-avgust

Vaqt: 15:00

Joy: IXTI majlislar zali