23-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI)da institut direktor o‘rinbosari Odil Gafаrov, Osiyo-Tinch okeani tadqiqotlari markazi rahbari Abbos Boboxonov hamda Markaz ilmiy xodimi Madina Alimovaning London universitetining zamonaviy Xitoy tarixi professori Julia Lovell bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuv davomida Xitoyni o‘rganishning zamonaviy yondashuvlari va uning tarixiy o‘rni, shuningdek Markaziy Osiyodagi arxeologik va tarixiy tadqiqotlarning rivojlanishi masalalari muhokama qilindi. Professor Lovell O‘zbekistonda yuechjilar va Kushon imperiyasi tarixiga oid arxeologik tadqiqotlarning qanday qabul qilinayotgani va bu yondashuvlarning ilmiy izlanishlarda qanday aks etayotganiga alohida qiziqish bildirdi.
Shuningdek, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi ham muhokama qilinib, uning mintaqada aloqalarni chuqurlashtirish va hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishdagi ahamiyati qayd etildi.
Ishtirokchilar akademik va madaniy hamkorlikni o‘zaro tushunishni mustahkamlashning muhim omili sifatida e’tirof etdilar. Ta’kidlandiki, iqtisodiy loyihalar bilan bir qatorda ta’limiy va gumanitar tashabbuslar ham alohida ahamiyatga ega.
Uchrashuv yakunida tomonlar akademik muloqotni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar va IXTI hamda London universiteti o‘rtasida institutlararo hamkorlik istiqbollari, jumladan qo‘shma tadqiqotlar, nashrlar va talaba almashuv dasturlari, xususan PhD doktorantlar uchun mo‘ljallangan loyihalarni muhokama qildilar.