Aziza Muxammеdova Northwest A&F University tomonidan tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi

Aziza Muxammеdova Northwest A&F University tomonidan tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi

news_in

Aziza Muxammеdova Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi tasarrufidagi yetakchi milliy kompleks universitetlardan biri – Northwest A&F University (NWAFU) tomonidan tashkil etilgan xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etdi. Konferensiya Markaziy Osiyo davlatlari, Ozarbayjon va Xitoydan kelgan ekspertlar hamda tadqiqotchilarni birlashtirib, Yevroosiyo makonida mintaqaviy integratsiya, barqaror rivojlanish, transport va energetik bog‘liqlik, shuningdek ekologik kun tartibiga bag‘ishlandi.

O‘z ma’ruzasida Aziza Muxammеdova Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiya jarayonlarining transformatsiyasi va o‘zaro bog‘liqlikning barqaror rivojlanishdagi asosiy omil sifatidagi roli ortib borayotganini ta’kidladi. Ma’ruzada infratuzilma koridorlari, ekologik chaqiriqlar hamda mintaqa davlatlarining murakkab transchegaraviy jarayonlarni, jumladan Afg‘oniston va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan o‘zaro aloqalarni boshqarishga institutsional tayyorgarligi masalalari yoritildi.

Shuningdek, mintaqada infratuzilmaviy va “yashil” tashabbuslarni rivojlantirish faqat investitsiyalar bilan cheklanmasdan, balki uzoq muddatli muvofiqlashtirish, o‘zaro ishonchni mustahkamlash va barqaror institutsional mexanizmlarni shakllantirishni ham talab qilishi alohida qayd etildi.