Yevropa Ittifoqining bir ovozdan qaror qabul qilish tamoyilini aylanib o‘tish strategiyalari: 2026 yil saylovlari bilan Vengriya vetosini yengib o‘tish

Tahliliy nashrlar

08 Aprel 2026

Ulashish

Yevropa Ittifoqining bir ovozdan qaror qabul qilish tamoyilini aylanib o‘tish strategiyalari: 2026 yil saylovlari bilan Vengriya vetosini yengib o‘tish

Muallif: Jasurbek Xamrakulov, JIDU talabasi, IXTI amaliyotchisi

Kirish

So‘nggi yillarda Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat va moliyaviy yordam kabi muhim sohalarda qarorqabul qilish jarayonida tobora kuchayib borayotgan institutsional turg‘unlikka duch kelmoqda. Shu nuqtai nazardan, Vengriya Viktor Orban rahbarligida YI doirasidagi jamoaviy qarorlarni, ayniqsa Ukrainaga ajratiladigan moliyaviy yordam paketlarini bir necha bor veto qilish orqalito‘sib kelmoqda. Bu holat kuchayib borayotgan geosiyosiy keskinlik sharoitida YI boshqaruvtizimining strukturaviy zaifliklarini yaqqol namoyon etdi.

Vengriya tomonidan qayta-qayta qo‘llanilgan vetolar, xususan, Ukrainaga ajratilishirejalashtirilgan 90 milliard yevrolik moliyaviy yordam paketi masalasida, yevropalik yetakchilartomonidan keskin tanqidga sabab bo‘ldi. Viktor Orbanni vetoni bekor qilishga undash bo‘yichakuchli bosimga qaramay, Bryusselda o‘tkazilgan sammitda murosaga erishilmadi, bu esa Ittifoqichidagi jiddiy kelishmovchiliklarni ochiq ko‘rsatdi.

Orbán o‘z pozitsiyasini Vengriyaga neft yetkazib beruvchi “Drujba” quvurining shikastlanishibilan bog‘liq bahs bilan izohladi. Shu bilan birga, boshqa YI yetakchilari norozilik bildirib, unijamoaviy majburiyatlarga putur yetkazishda aybladilar hamda Ukrainaga yordam urush sharoitidanihoyatda muhim ekanini ta’kidladilar. Energetika va toza havo tadqiqotlari markazima’lumotlariga ko‘ra, Vengriya va Slovakiya yanvar oyida ushbu quvur orqali taxminan 137 million yevro miqdorida Rossiya neftini import qilgan. Xabarlarga ko‘ra, yanvar oxirida Rossiyahavo zarbalari natijasida (Kiyevga ko‘ra) quvurning Ukrainadagi g‘arbiy tarmog‘i shikastlanganva neft oqimi to‘xtagan. Vengriya esa bu fikrga qo‘shilmay, aksincha Ukrainani quvurdanfoydalanishni to‘sishda ayblamoqda.

Yuzaga kelgan vaziyat YI qaror qabul qilish tizimidagi asosiy muammolardan biri bu bir ovozdanqaror qabul qilish (unanimity) tamoyilini yaqqol namoyon etadi. Ushbu tamoyil har qanday a’zodavlatga, qolgan davlatlarning katta qo‘llab-quvvatlashiga qaramay, umumiy qarorlarni bloklashimkonini beradi. Amalda bu Vengriyaga o‘z pozitsiyasidan siyosiy imtiyozlar olish yokisuverenitetni himoya qilish hamda “Bryussel”ga qarshi turish kabi ichki siyosiy narrativlarniilgari surish uchun foydalanish imkonini bermoqda. Natijada siyosiy jarayonlarda turg‘unlikyuzaga kelmoqda: ayniqsa Ukrainaga yordam bilan bog‘liq muhim tashabbuslar kechiktirilmoqdayoki butunlay to‘sib qo‘yilmoqda. Bundan tashqari, bu holat Yevropa Ittifoqining xalqaromaydondagi obro‘sini zaiflashtiradi va uni yagona geosiyosiy aktyor sifatida harakat qilishqobiliyatiga putur yetkazadi. Shu jihatdan, bu vaziyat bilvosita Rossiya manfaatlariga xizmatqilmoqda, chunki u Yevropaning Ukrainaga yordam ko‘rsatish mexanizmlarini izdan chiqarishgaintilmoqda. Vengriya bilan bog‘liq holat ayniqsa muhim, chunki u nafaqat siyosiykelishmovchiliklarni, balki YI doirasida huquq ustuvorligi va demokratik standartlarga rioyaetilishi bilan bog‘liq chuqurroq muammolarni ham aks ettiradi.

Vetoni aylanib otish mexanizmlari

Ayrim ekspertlarning fikricha, Ukraina mojarosi kabi favqulodda sharoitlarda Yevropa IttifoqiVengriya vetosini huquqiy jihatdan aylanib o‘tishi mumkin, agar u YI ning asosiy qadriyatlariga, xususan, Yevropa Ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomaning 2-moddasida belgilangan birdamliktamoyiliga zid bo‘lsa. Ushbu muammoni hal etishning huquqiy yo‘llari asosan ikki yo‘nalishga bo‘linadi. Birinchidan, agar Vengriya vetosi birdamlik tamoyilining jiddiy va tizimli buzilishi sifatida baholansa, qaror uning ovozini hisobga olmasdan qabul qilinishi mumkin. Ikkinchidan, bir ovozdan qaror qabul qilish qoidalarini qayta talqin qilish orqali YI xavfsizligi, qadriyatlari va barqarorligiga tahdid soluvchi vaziyatlarda malakali ko‘pchilik ovoz berish tizimini qo‘llash imkoniyati yaratilishi mumkin. Biroq, bunday yondashuvlar umumiy qoida sifatida emas, balki faqat istisno holatlarda qo‘llanishi kerak. Tanqidchilar bunday choralar a’zo davlatlar o‘rtasidagi ishonchni susaytirishi yoki huquqiy izchillikka putur yetkazishi mumkinligini ta’kidlaydilar, ammo tizimli bloklash sharoitida harakatsizlik yanada katta xavf tug‘diradi, chunki bu YI ning global muammolarga tezkor javob berish qobiliyatini zaiflashtiradi.

Yevropa Ittifoqi davlatlari allaqachon Vengriya vetosini aylanib o‘tish bo‘yicha turli variantlarni muhokama qilmoqda. YI tashqi siyosat bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas va boshqa rasmiylar “muqobil yo‘llar mavjud”ligini ochiq aytib, YI “har qanday holatda” ham o‘z maqsadlariga erishishini ta’kidladilar. Ushbu rejalarning asosiy maqsadi bir ovozdan qaror qabul qilishga bog‘liqlikni kamaytirgan holda, imkon qadar YI ichidagi birlikni saqlab qolishdan iborat.

Birinchi chora ovoz berish tizimini o‘zgartirishni, ya’ni hozirda bir ovozdan qaror talab qilinadigan sohalarda, jumladan tashqi siyosat va “Ko‘p yillik moliyaviy reja” (MFF)ning ayrim qismlarida malakali ko‘pchilik (QMV) tizimini kengaytirishni nazarda tutadi. Ushbu tizimga ko‘ra, qarorlar YI aholining kamida 65 foizini ifodalovchi a’zo davlatlarning 55 foizi tomonidan qo‘llab-quvvatlansa qabul qilinadi. Bu esa Ukrainaga yordam, sanksiyalar yoki kengayish masalalarini Vengriya roziligisiz ham ilgari surish imkonini beradi. Biroq, bunday tizimni joriy etish YI ning asosiy konsensus tamoyiliga zid kelishi sababli siyosiy jihatdan sezgir masala hisoblanadi.

Ikkinchi yo‘nalish “ko‘p tezlikli Yevropa” konsepsiyasini rivojlantirishni nazarda tutadi. Bu norasmiy “xohlaganlar koalitsiyasi” yoki kuchaytirilgan hamkorlik kabi moslashuvchan mexanizmlar orqali amalga oshiriladi. Bunday yondashuv ayrim davlatlarga xavfsizlik, raqobatbardoshlik yoki Ukrainani moliyalashtirish masalalarida barcha 27 a’zo davlat roziligisiz oldinga siljish imkonini beradi. YI shartnomalari bunday hamkorlikni allaqachon ruxsat etadi va Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Leyen bu yondashuvni qo‘llab-quvvatlab, agar bir ovozdan qaror qabul qilish jarayoni to‘xtab qolsa, Ittifoq mavjud mexanizmlardan foydalanishdan “tortinmasligi kerak”ligini ta’kidladi.

Amalda bunday mexanizmlar ma’lum darajada allaqachon qo‘llanilmoqda, ayniqsa xavfsizlik va mudofaa sohalarida YI institutsional tizimidan tashqaridagi hukumatlararo kelishuvlar shaklida. Bundan tashqari, maxsus jamg‘armalar yaratish yoki Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olinadigan daromadlardan foydalanish ham moliyaviy yordamni ta’minlashning muqobil usullari sifatida qaralmoqda.

  • aprel kuni Yevropa Ittifoqi Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan olingan foiz daromadlari hisobidan 1,4 milliard yevro mablag‘ qabul qildi. Bu 2025-yil avgust oyidagi uchinchi transtdan keyingi to‘rtinchi o‘tkazma bo‘lib, 2025-yilning ikkinchi yarmida to‘plangan daromadlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu mablag‘lar YI sanksiyalari natijasida yuzaga kelgan bo‘lib, asosiy aktivlar (200 milliard yevrodan ortiq) muzlatilgan holda qolmoqda va Rossiyaga qaytarilmaydi. Foiz daromadlari esa Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilgan. Bu mexanizm amaliy jihatdan samarali yechim bo‘lib, alohida davlatlar, jumladan Vengriya tomonidan qo‘yilgan vetolarga qaramay, moliyalashtirishni davom ettirish imkonini beradi. Shu bilan birga, uning asosiy kamchiligi shundaki, u YI-27 darajasidagi to‘liq qarorlarni to‘liq almashtira olmaydi va uzoq muddatda birlikka putur yetkazishi mumkin.

Kaya Kallas tomonidan taklif etilgan murosa variantlaridan biri energetika sohasiga tegishli bo‘lib, Rossiyaga qaramlikni kamaytirish maqsadida Vengriya va Slovakiyaga Xorvatiyaning Adriatika (JANAF) quvur tizimi orqali Rossiyadan tashqari neft yetkazib berishni nazarda tutadi. Yevropa Komissiyasining neft bo‘yicha koordinatsiya guruhi 2026-yil fevral oyida ushbu yo‘nalish ikki davlat ehtiyojlarini to‘liq qoplay olishini tasdiqladi. Xorvatiya yetkazib berishga tayyor ekanini bildirgan, YI esa diversifikatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun texnik va moliyaviy yordam taklif qilmoqda. Bu yondashuv iqtisodiy va infratuzilmaviy vositalar siyosiy bosim bilan uyg‘unlashgan holda qanday ishlashini ko‘rsatadi.

Yumshoq mexanizmlardan farqli o‘laroq, YI rasmiylari yanada qat’iy choralarni ham ko‘rib chiqmoqda. Bular qatoriga huquq ustuvorligi talablarini kuchaytirish orqali Vengriyaga ajratiladigan mablag‘larni cheklash kiradi. Bu YI shartnomasining 4(3)-moddasiga (halol hamkorlik tamoyili) asoslanib, keyingi MFF doirasidagi mablag‘lardan foydalanishni Ukraina masalasidagi majburiyatlarga rioya etish bilan bog‘lashni nazarda tutadi. Yevropa Kengashi rahbari Antonio Kosta bu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlagan, komissar Maykl Makgrat esa zarur bo‘lsa, to‘lovlarni to‘xtatish yoki mablag‘larni bloklash ehtimoli mavjudligini tasdiqlagan.

YI allaqachon “SAFE” dasturi doirasida Vengriyaga ajratilishi rejalashtirilgan 16 milliard yevrolik mudofaa kreditini amalda muzlatib qo‘ygan. Bu holat YI iqtisodiy bosimdan veto kuchini cheklash vositasi sifatida foydalanayotganini ko‘rsatadi. Vengriya esa mablag‘lar xavf ostida qolsa, yangi MFFni bloklashi mumkinligini bildirgan, ammo bu yondashuv YI ga shartnomalarni o‘zgartirmagan holda bosim o‘tkazish imkonini beradi.

Yana bir ehtimoliy yechim varianti YI shartnomasining 7-moddasi orqali ovoz berish huquqini vaqtincha to‘xtatishdir. Ushbu modda YI qadriyatlarini jiddiy buzgan davlatlarni ovoz berish huquqidan mahrum etishga imkon beradi. Yevropa Parlamenti bu jarayonni 2018-yilda Vengriyaga nisbatan boshlagan. Uni qayta faollashtirish katta siyosiy bosim yaratishi mumkin, garchi to‘liq sanksiya joriy etish uchun qolgan 26 davlatning yakdilligi talab etiladi. Shunga qaramay, bu jarayonning o‘zi ham Vengriyani izolyatsiyaga olib kelishi mumkin.

Eng keskin, ammo deyarli nazariy chora bu davlatni YI tarkibidan chiqarishdir. Bunday imkoniyat amaldagi shartnomalarda nazarda tutilmaganligi sababli huquqiy jihatdan murakkab hisoblanadi. Ayrim diplomatlar buni amalga oshirish uchun Brexitda qo‘llanilgan 50-modda yoki boshqa mexanizmlarni o‘zgartirishni taklif qilgan. Biroq, bu g‘oya kamdan-kam muhokama qilinadi, chunki u Vengriyaning Rossiyaga yanada yaqinlashishiga olib kelishi mumkin. Shunga qaramay, u veto qo‘llovchi davlatni tizimdan chiqarib tashlashning nazariy varianti sifatida tilga olinadi.

2026-yilgi Vengriya parlament saylovlari konteksti

12-aprel kuni Vengriyada mamlakat kelajagini belgilovchi muhim parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. 16 yildan beri hokimiyatda bo‘lgan Bosh vazir Viktor Orban so‘nggi saylovlardagi eng kuchli siyosiy bosimga duch kelmoqda. Uning asosiy raqibi - “Tisza” partiyasi yetakchisi Piter Magyar hisoblanadi. So‘rov natijalariga ko‘ra, Orbanning “Fidesz” partiyasi muxolifatdagi “Tisza” partiyasidan taxminan 9–12 foizga ortda qolmoqda.

Ko‘plab Yevropa Ittifoqi rasmiylari ochiqchasiga Orbánning hokimiyatdan ketishiga umid bildirishgan. Shu bilan birga, YI diplomatlari ehtiyotkor pozitsiyani saqlab qolmoqda: hatto Orban mag‘lubiyatga uchragan taqdirda ham, uning o‘rnini egallagan hukumat Vengriyaning barcha siyosiy pozitsiyalarini, ayniqsa migratsiya yoki YI kengayishi kabi nozik masalalarda, to‘liq o‘zgartirmasligi mumkin. Piter Magyar esa Vengriyani YI va NATO bilan yanada yaqinlashtirish, shuningdek muzlatilgan milliardlab yevro miqdoridagi YI mablag‘larini qayta ochish niyatini bildirgan. Biroq ayrim mutaxassislar bunday siyosiy o‘zgarishlar keskin emas, balki bosqichma-bosqich amalga oshishini taxmin qilmoqda.

Ehtimoliy ssenariylar va YI reaksiyasi

Birinchi ssenariyga ko‘ra, agar Viktor Orban saylovlardan so‘ng hokimiyatda qolsa, Yevropa Ittifoqi vetoni aylanib o‘tish mexanizmlaridan tizimli ravishda kengroq foydalanishni boshlaydi. Bunday sharoitda kuchaytirilgan hamkorlik, YI shartnomalari doirasidan tashqaridagi hukumatlararo kelishuvlar va budjetdan tashqari moliyaviy vositalar vaqtinchalik emas, balki institutsional xarakter kasb etadi.

Shu bilan birga, YI Vengriyaga nisbatan siyosiy va iqtisodiy bosimni kuchaytirishi kutiladi. Bu YI mablag‘lariga kirishni kechiktirish yoki shartlarga bog‘lash, Yevropa yetakchilari tomonidan tanqidni kuchaytirish hamda Vengriyani diplomatik maydonda yanada izolyatsiya qilish kabi choralarni o‘z ichiga olishi mumkin. 7-modda kabi rasmiy sanksiyalarni qo‘llash qiyinligicha qoladi, chunki bu yakdillikni talab qiladi, biroq norasmiy tarzda qaror qabul qilish jarayonlaridan chetlatish kuchayishi ehtimoli yuqori.

Ikkinchi ssenariyda esa muxolifat g‘alabasi YI–Vengriya munosabatlarini qayta tiklash imkoniyatini yaratadi. Muxolifat yetakchilari, jumladan Piter Magyar, YI bilan yanada hamkorlikka asoslangan siyosat yuritish niyatida ekanini bildirgan. Ular ishonchni tiklash, muzlatilgan mablag‘larni ochish va Vengriyani umumiy Yevropa siyosatiga yaqinlashtirish zarurligini ta’kidlamoqda.

Bunday holatda Yevropa Ittifoqi Vengriyani tezkor ravishda konsensusga asoslangan boshqaruv tizimiga qayta integratsiya qilishga intiladi. Bu jarayon muzlatilgan mablag‘larni, jumladan taxminan 17 milliard yevro miqdoridagi kohesiya va tiklanish fondlarini tezlashtirilgan tarzda ajratishni, Vengriyaning jamoaviy qaror qabul qilishdagi rolini tiklashni hamda vetoni aylanib o‘tish mexanizmlariga ehtiyojni kamaytirishni o‘z ichiga olishi mumkin. Bundan tashqari, Vengriyaning konstruktiv pozitsiyasi sanksiyalar siyosati va kengroq geosiyosiy strategiya bo‘yicha hamkorlikni sezilarli darajada osonlashtiradi.

Shu bilan birga, hatto YIga yaqin hukumat ham ichki siyosiy cheklovlarga duch kelishi mumkin, bu esa oldingi siyosatni to‘liq o‘zgartirish imkoniyatini cheklaydi. Natijada institutsional uyg‘unlik oshishi kutilsa-da, YI ehtiyotkorlikni saqlab qolib, kelajakdagi ehtimoliy blokirovkalarni oldini olish uchun muqobil mexanizmlarni saqlab qolishi mumkin.

Hozirgi vaqtda Yevropa Ittifoqi ichidagi kelishmovchiliklarni hisobga olgan holda, bir narsa aniq: saylov natijalari YI ning strategik yo‘nalishi va veto qo‘llovchi davlatlar bilan ishlash mexanizmlariga bevosita ta’sir qiladi. Shu bilan birga, natijadan qat’i nazar, YI Vengriya omili uning asosiy tashqi siyosiy ustuvor yo‘nalishlari, xususan Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga to‘sqinlik qilmasligini ta’minlashga qat’iy intilmoqda.