Si Szinpinning Markaziy Osiyodagi sa’y-harakatlari katta mablag‘lar jalb qilinishi bilan o‘z samarasini berdi

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar

19 Mart 2026

Ulashish

Si Szinpinning Markaziy Osiyodagi sa’y-harakatlari katta mablag‘lar jalb qilinishi bilan o‘z samarasini berdi

Abbos Boboxonov Bloomberg nashri uchun Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi moliyaviy-investitsiyaviy hamkorlikning kuchayishi yuzasidan ekspert fikrini bildirdi.

A.Boboxonov o‘z izohida mintaqada infratuzilma rivoji uchun moliyalashtirish yetishmovchiligi saqlanib qolayotganini, uning hajmi yuzlab milliard dollar bilan baholanayotganini ta’kidladi. Shu nuqtai nazardan, Xitoy investitsiyalari Markaziy Osiyo davlatlari ehtiyojlariga moslashuvchanligi va tezkor javob bera olishi bilan uzoq muddatli kapitalning muhim manbai sifatida qaralmoqda.

Materialda, shuningdek, Xitoyning Markaziy Osiyoga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari ortib borayotgani hamda moliyaviy instrumentlarda, jumladan obligatsiyalar chiqarishda yuan ulushining kengayib borayotgani qayd etilgan. Bu esa iqtisodiy aloqalarning chuqurlashuvi va mintaqaning moliyaviy arxitekturasi bosqichma-bosqich transformatsiya qilinayotganini ko‘rsatadi.

Bloomberg veb-saytida o‘qing

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.