O‘zbekistonda shakllanayotgan AT-sinf va uning ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri

Hisobotlar

19 May 2025

Ulashish

O‘zbekistonda shakllanayotgan AT-sinf va uning ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda 2023-2024-yillarda O‘zbekistonda shakllanayotgan yangi ijtimoiy guruh – AT-sinfini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqot loyihasini amalga oshirdi.

 

Mazkur loyiha to‘rtinchi sanoat inqilobi va raqamlashtirish davrida axborot texnologiyalari sanoatining ijtimoiy o‘zgarishlar, bandlik va innovatsion iqtisodiyotga ta’sirini anglash bo‘yicha sa’y-harakatlarning tarkibiy qismi bo‘ldi. Tadqiqot AT-sinf vakillarining asosiy xususiyatlari, qadriyatlari va iqtisodiy rolini aniqlashga, shuningdek, davlat raqamli siyosati va kasb-hunar ta’limi tizimining ta’sirini baholashga qaratilgan.

 

Tadqiqotning asosiy yo‘nalishlari:

  • Sotsiologik tahlil — keng qamrovli dala bosqichini o‘tkazish (10 ta hududdagi 326 nafar AT-mutaxassislar o‘rtasida so‘rovnoma, ekspert suhbatlari, fokus-guruhlar).
  • AT-sinfni xaritalash — tipik vakilning qiyofasini yaratish: demografiya, ta’lim, kasbiy yo‘l, daromad manbalari.
  • Raqamli muhit va ta’lim amaliyotlarini o‘rganish — AT sohasida bilim olish yo‘llari va oliy ta’lim sifatini baholash usullarini tahlil qilish.
  • Mintaqaviy nomutanosiblik — hududlardan poytaxtga kadrlar ko‘chishi va mutaxassislarning kelishi hamda ushlab qolinishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish.
  • Davlat siyosatini baholash — AT-kompaniyalar uchun raqamli inklyuzivlik dasturlari, huquqiy va soliq imtiyozlarini ko‘rib chiqish.

 

Loyihaning maqsadi O‘zbekistonda AT-sinfining ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatini tushunish uchun empirik asos yaratish, shuningdek, uni rivojlantirish va milliy barqaror o‘sish strategiyasiga qo‘shish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

 

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.


Зарождающийся IT-класс Узбекистана и его социально-экономическое влияние

Yuklab olish