“The Crossroads” platformasida “Andiana Foundation”ning norezident siyosiy eksperti va Nyu-York universitetining Xalqaro hamkorlik markazi norezident ilmiy xodimi Ali Adili Afg‘oniston va Janubiy Osiyo tadqiqotlari markazining yetakchi ilmiy xodimi Aziza Muxammedova bilan Afg‘oniston, O‘zbekiston va kengroq Markaziy–Janubiy Osiyo mintaqasi o‘rtasidagi rivojlanib borayotgan munosabatlarni chuqur muhokama qiladi.
Suhbatda Transafg‘on koridori, Termiz muloqoti hamda O‘zbekistonning mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikka doir keng qamrovli yondashuviga e’tibor qaratiladi. Bu yondashuvda Afg‘oniston nafaqat xavfsizlik nuqtayi nazaridan, balki Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan bog‘lovchi potensial quruqlik ko‘prigi sifatida ham ko‘riladi.
Shuningdek, muhokamada mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik loyihalari oldida turgan asosiy siyosiy va xavfsizlik cheklovlari ham ko‘rib chiqiladi. Muxammedova xonimning ta’kidlashicha, Transafg‘on temir yo‘lining hayotiyligi Kobul va Islomobod o‘rtasidagi barqaror munosabatlarga bog‘liq. Shu bilan birga, jangari guruhlar tomonidan yuzaga kelayotgan doimiy xavfsizlik tahdidlari uzoq muddatli mintaqaviy rejalashtirishni murakkablashtirishda davom etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, suhbatda Termiz muloqoti Afg‘onistonni mintaqaviy noaniqlik manbasidan tarkibiy muloqot, infratuzilmaviy hamkorlik va iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik subyektiga aylantirishga qaratilgan yangi ko‘p tomonlama platforma sifatida taqdim etiladi.
* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.