Toshkentning atom rejalari: O‘zbekiston Qozog‘istonga raqobatchi bo‘ladimi?

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar

07 Fevral 2026

Ulashish

Toshkentning atom rejalari: O‘zbekiston Qozog‘istonga raqobatchi bo‘ladimi?

Hayotjon Ibragimov Qozog‘istonning “National Business Kazakhstan” axborot-tahliliy nashriga O‘zbekistonning uran sanoati va atom energetikasi istiqbollari bo‘yicha ekspert izohini taqdim etdi.

Ekspert tomonidan O‘zbekiston tomonidan ilk bor ochiq e’lon qilingan uran qazib olish hajmlari va zaxiralari, yangi konlarni o‘zlashtirish hamda atom elektr stansiyasi qurilishi rejalari tahlil qilinadi.

Ibragimov o‘z izohida O‘zbekiston Qozog‘iston bilan uran zaxiralari yoki qazib olish hajmlari bo‘yicha raqobatlashishni maqsad qilmaganini ta’kidladi. Uning fikricha, mamlakatning asosiy strategik vazifasi – barqaror ishlab chiqarish darajasini ta’minlash, jahonning yetakchi uran ishlab chiqaruvchilari qatoridan mustahkam o‘rin egallash va uzoq muddatli energetik xavfsizlikni kuchaytirishdan iborat.

Shuningdek, ekspert atom yoqilg‘isi sikliga alohida e’tibor qaratib, mavjud texnologik va hamkorlik modellari doirasida xom uran eksport qilinishi, kelajakdagi AES uchun yoqilg‘ini boyitish va yig‘ish ishlari esa xorijda amalga oshirilishini qayd etdi.

“National Business Kazakhstan” saytida o‘qing

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.