Topchubashov markazi (Ozarbayjon) tomonidan tashkil etilgan vebinarda mintaqaviy ekspertlar va tahlilchilar yig‘ilib, urushning “C6” mamlakatlari mavqeyiga, mintaqalararo dinamikaga hamda asosiy tashqi kuchlar bilan munosabatlargaqanday ta’sir ko‘rsatayotganini muhokama qildi.
Odilbek Manabov Yaqin Sharqdagi beqarorlik Markaziy Osiyoga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, hozircha mintaqa nisbatan barqaror bo‘lib qolmoqda va jiddiy uzilishlar kuzatilmagan. Yaponiya, Vetnam va Shri-Lanka kabi davlatlardan farqli ravishda, Markaziy Osiyo mamlakatlari energetika sohasida sezilarli muammolarga duch kelmagan. Biroq Turkmanistonda mahalliy inflyatsion bosim kuzatilgan.
Manabov qayd etishicha, hozirgi geosiyosiy keskinlik mintaqaviy parchalanishdan ko‘ra, aksincha, chuqurroq hamkorlikni rag‘batlantiradi. Xususan, O‘rta koridor kabi muqobil transport yo‘nalishlarining ahamiyati ortib borayotgani C6 davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirmoqda. U yakunda qisqa muddatli ta’sirlar cheklangan bo‘lishiga qaramay, mavjud jarayonlar mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishi hamda Markaziy Osiyoning Yevroosiyo makonidagi strategik ahamiyatini yanada oshirishi mumkinligini ta’kidladi.
* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.