Odilbek Manabov «Exclusive.kz» nashri tomonidan tashkil etilgan hamda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga bag‘ishlangan ekspertlar muhokamasida ishtirok etdi. Unda Ozarbayjonning mintaqaviy formatda to‘laqonli a’zo sifatida qatnashishi, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va mintaqalararo integratsiyani chuqurlashtirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Muhokama davomida ekspertlar transport-logistika o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash imkoniyatlari, Markaziy Osiyo mamlakatlarining xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishda Ozarbayjonning o‘rni, shuningdek, mintaqaviy tashabbuslarni amalga oshirish yo‘lidagi mavjud to‘siqlarni ko‘rib chiqdilar. Siyosiy kelishuvlardan iqtisodiy hamkorlikning amaliy mexanizmlariga o‘tish hamda xususiy sektorni integratsiya jarayonlariga yanada faol jalb etish zarurligiga alohida urg‘u berildi.
* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; buyerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aksettirmaydi.