Jahon investitsiya muhitining hozirgi holati va uni yaxshilash chora-tadbirlari

Tahliliy nashrlar

14 Aprel 2026

Ulashish

Jahon investitsiya muhitining hozirgi holati va uni yaxshilash chora-tadbirlari

Ushbu tahliliy ma’lumotnoma jahon investitsiya muhitining tarixiy evolyutsiyasi va bugungi holatini o‘rganib, investitsiya tushunchasi klassik iqtisodiy tafakkurdan innovatsiyalar, risklar va institutsional sifatga yo‘naltirilgan zamonaviy yondashuvlargacha qanday rivojlanganini ko‘rsatib beradi. Tadqiqot Adam Smit, David Rikardo, Jon Meynard Keyns, Yozef Shumpeter va Pol Romer g‘oyalariga tayanib, hozirgi investitsiya tendensiyalarini kengroq nazariy asosga soladi hamda kapitalni taqsimlashga oid an’anaviy qarashlar zamonaviy jahon iqtisodiyoti voqeliklari ta’sirida qay tarzda o‘zgarganini namoyon etadi.

Tahliliy ma’lumotnomaning asosiy diqqat markazida 2019-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan davrda global to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimlarining transformatsiyasi turadi. Muallif UNCTAD ma’lumotlaridan foydalangan holda, COVID-19 pandemiyasi, geosiyosiy ziddiyatlar, yuqori foiz stavkalari, proteksionistik tendensiyalar va global noaniqlik investorlarning xulq-atvoriga qanday ta’sir ko‘rsatganini tahlil qiladi. Ma’lumotnomada investitsiya oqimlari pandemiya inqirozidan so‘ng tiklanish alomatlarini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, bu jarayon notekis, mo‘rt hamda siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlarga o‘ta sezgir bo‘lib qolayotgani ta’kidlanadi.

Shuningdek, tadqiqotda investitsiyalarning mintaqaviy va tarmoqlar bo‘yicha taqsimotidagi o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratilgan. Unda rivojlanayotgan iqtisodiyotlar, ayniqsa, Osiyo mamlakatlari global kapitalni jalb etishda tobora muhim rol o‘ynayotgani, investitsion qarorlar qabul qilishda esa yashil energetika, raqamli texnologiyalar, AKT va innovatsiyalarga asoslangan tarmoqlarning ahamiyati ortib borayotgani ko‘rsatilgan. Shu nuqtayi nazardan, ESG tamoyillari ikkinchi darajali omil sifatida emas, balki uzoq muddatli investitsiyaviy jozibadorlik va global raqobatbardoshlikni belgilovchi tobora muhim ahamiyat kasb etayotgan mezon sifatida taqdim etilgan.

Xulosa o‘rnida, tahliliy ma’lumotnomada jahon investitsiya muhitini yaxshilash huquqiy barqarorlik, makroiqtisodiy prognozlanuvchanlik, institutsional ishonch, texnologik tayyorgarlik va barqaror rivojlanish strategiyalariga asoslangan kompleks yondashuvni talab qilishi qayd etiladi. Unda davlatlar, xalqaro tashkilotlar va investorlar uchun amaliy tavsiyalar berilib, global investitsiyalarning kelajagi nafaqat kapital mavjudligiga, balki ishonchli, innovatsion va barqaror iqtisodiy muhit yarata olish qobiliyatiga ham bog‘liq ekani alohida ta’kidlanadi.

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.


Current State of the Global Investment Climate and Measures for its Improvement

Yuklab olish