Globallashuvga qarshilik: mintaqaviy alyanslar va ularning xalqaro tashkilotlarga ta’siri

Tahliliy nashrlar

20 Iyun 2026

Ulashish

Globallashuvga qarshilik: mintaqaviy alyanslar va ularning xalqaro tashkilotlarga ta’siri

JIDU talabasi va IXTI amaliyotchisi Muhammad Xo‘janazarov hamda JIDU o‘qituvchisi va IXTIning tashrif buyuruvchi ilmiy xodimi Julia Devisning ushbu maqolasida XVF, Jahon banki, JST va bosqichma-bosqich liberallashtirilgan jahon savdosi atrofida qurilgan urushdan keyingi liberal xalqaro tartib 2008-yilgi global moliyaviy inqirozdan so‘ng qanday bosim ostida qolgani tahlil qilinadi. Mualliflar fikricha, globallashuvning sekinlashuvi, geosiyosiy raqobatning kuchayishi, ko‘p tomonlama institutlarning zaiflashuvi hamda rivojlanayotgan iqtisodiyotlar orasida norozilikning ortib borishi mintaqaviy alyanslarning yanada kuchliroq boshqaruv rolini o‘z zimmasiga olishi uchun zamin yaratdi.

Maqolada asosiy e’tibor ASEAN/RCEP, BRIKS+ va Shanxay hamkorlik tashkilotiga qaratilib, ushbu mintaqaviy tuzilmalar endilikda global tartib doirasidagi shunchaki yordamchi platformalar emasligi ko‘rsatib beriladi. Aksincha, ular G‘arb hukmronligidagi ko‘p tomonlama yondashuvga tobora ko‘proq qarshi chiqayotgan mustaqil savdo qoidalari, moliyaviy mexanizmlar, xavfsizlik amaliyotlari va me’yoriy asoslarni ishlab chiqmoqda. ASEAN/RCEP savdo boshqaruvi, BRIKS+ moliyaviy qarshi gegemonlik va de-dollarizatsiya, SHHT esa suverenitet hamda ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillariga asoslangan xavfsizlik sohasidagi hamkorlik nuqtayi nazaridan tahlil etiladi.

Asosiy g‘oya shundan iboratki, dunyo yanada tarqoq va ko‘p qutbli boshqaruv tizimi sari harakatlanmoqda. Bu tizimda global institutlar va mintaqaviy tashkilotlar bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘ladi, o‘zaro raqobatlashadi va bir-birining faoliyatini qisman takrorlaydi. Mualliflar mintaqaviy alyanslar mavjud xalqaro tashkilotlarning o‘rnini to‘liq egallashi ehtimoldan yiroq, biroq ular allaqachon xalqaro munosabatlardagi qoidalar, me’yorlar va kuchlar muvozanatini qayta shakllantirmoqda, degan xulosaga kelishadi.

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.


Countering Globalisation: Regional Alliances and Their Impact on International Organisations

Yuklab olish