O‘zbekiston modernizatsiya yo‘lidan ishonch bilan ilgarilab, Markaziy Osiyo mintaqasida investitsiyalarni jalb etishning asosiy markazlaridan biriga aylanmoqda. Xususan, IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi nafaqat mintaqa, balki butun jahon investitsiya hamjamiyati uchun ham muhim voqeaga aylandi.
Forumning eng katta yutuq’i umumiy qiymati 30,5 milliard AQSH dollariga teng investitsiya shartnomalarining imzolanishi bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich xalqaro moliya institutlari va ishbilarmon doiralarning ishonchini yaqqol aks ettiradi. O‘zbekiston shaffof iqtisodiy siyosat, qulay investitsiya muhiti va aniq strategik ustuvorliklar bilan ishonchli va istiqbolli hamkor sifatidagi obro‘sini yana bir bor tasdiqladi.
Forum, shuningdek, bank sektori, energetika, raqamlashtirish, logistika va qishloq xo‘jaligidagi muvaffaqiyatli islohotlarni namoyish etish maydoniga aylandi. Barqaror rivojlanish, "yashil" iqtisodiyot va xususiy sektor rolini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Umuman olganda, ushbu Forumning tashkil etilishi O‘zbekistonni Markaziy Osiyoning asosiy investitsiya platformasiga aylantirishga qaratilgan mamlakat rahbariyatining yuqori darajadagi kasbiy mahorati va strategik fikrlashini ko‘rsatdi. Toshkent investitsiya forumi O‘zbekistonning jahon iqtisodiy xaritasidagi o‘rnini mustahkamlabgina qolmay, olib borilayotgan siyosatning ochiqlik, faollik va uzoqni ko‘ra bilish ramziga aylandi.
* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.