2026-yilgi Eron inqirozi sharoitida Yevroosiyodagi energetika va tranzit yo‘nalishlarining geosiyosiy transformatsiyasi

Tahliliy nashrlar

22 Mart 2026

Ulashish

2026-yilgi Eron inqirozi sharoitida Yevroosiyodagi energetika va tranzit yo‘nalishlarining geosiyosiy transformatsiyasi

Mazkur maqolada 2026-yilgi Eron inqirozi sharoitida Yevroosiyoning energetika va transport arxitekturasi tubdan qayta shakllantirayotgan jarayonlarning dolzarb va siyosiy qarorlar ishlab chiqishga yo‘naltirilgan tahlili taqdim etilgan. Tadqiqotda Eron atrofidagi harbiy keskinlikning tizimli oqibatlariga e’tibor qaratilib, Hormuz bo‘g‘ozining funksional blokadasi nafaqat keskin energetik shokni, balki logistika, oziq-ovqat ta’minoti zanjirlari va mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlik sohasida kengroq inqirozni qanday keltirib chiqargani o‘rganiladi. Ushbu hodisalarni kengroq geosiyosiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqib, maqolada jahon iqtisodiyoti yangi davrga kirgani, bu davrda xavfsizlik masalalari samaradorlik va ochiq savdo haqidagi an’anaviy qarashlardan tobora ustun kelayotgani ta’kidlanadi.

Maqolaning asosiy hissasi inqirozning Markaziy Osiyoga, xususan, janubiy savdo va tranzit yo‘nalishlaridagi uzilishlar orqali ko‘rsatgan ta’sirining batafsil tahlili bilan belgilanadi. Unda Erondagi beqarorlik va Afg‘oniston–Pokiston chegarasidagi ziddiyatning qayta avj olishi birgalikda mintaqani strategik jihatdan zaif ahvolga solib, jahon bozorlariga olib chiquvchi ilgari muhim bo‘lgan yo‘laklarni yopib qo‘ygani ko‘rsatib berilgan. Shu nuqtai nazardan, maqolada inqiroz oqibatlari energiya resurslari narxlarining o‘zgarishi bilan cheklanib qolmay, oziq-ovqat xavfsizligi, inflyatsion bosim va yirik mintaqaviy infratuzilma tashabbuslarining kelajakdagi hayotiyligiga ham ta’sir ko‘rsatishi ochib berilgan.

Maqolada O‘zbekiston misolida mamlakat o‘zining tashqi iqtisodiy va logistika strategiyasini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘layotgani tahlil qilingan. Shunchaki rivojlanish loyihalari emas, balki barqarorlik va uzoq muddatli suverenitetning strategik vositalari sifatida qaralayotgan “O‘rta yo‘lak” hamda “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temiryo‘lining ortib borayotgan ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi. Tahlilda, agar yo‘nalishlarni diversifikatsiya qilish va infratuzilmani moslashtirish shoshilinch tarzda amalga oshirilsa, O‘zbekistonning geografik joylashuvi strukturaviy cheklovdan geosiyosiy va iqtisodiy ustunlik manbasiga aylanishi mumkinligi ta’kidlanadi.

Umuman olganda, maqolada 2026-yilgi inqiroz Yevroosiyo geosiyosatida hal qiluvchi burilish nuqtasi bo‘lganini tasdiqlovchi asosli dalillar keltiriladi. Unda Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O‘zbekiston yanada parchalangan va raqobatbardosh xalqaro muhitga moslashishi zarurligi, bunday sharoitda himoyalangan va diversifikatsiyalangan yo‘laklar milliy mavjudlikning zarur shartiga aylanishi haqida xulosa qilinadi. Geosiyosiy tahlilni aniq mintaqaviy oqibatlar bilan uyg‘unlashtirgan holda, maqola jadal o‘zgarayotgan xalqaro tartib sharoitida energetika xavfsizligi, transport aloqalari va strategik barqarorlik bo‘yicha bugungi munozaralarga muhim hissa qo‘shadi.

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; buyerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bolib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.


Geopolitical Transformation of Energy and Transit Routes in Eurasia under the 2026 Iranian Crisis

Yuklab olish