Strategik bog‘liqlik markazi rahbari Nargiza Umarova Daryo.uz nashrida e’lon qilingan tahliliy ko‘rsatuvda ishtirok etdi. Suhbat Eronning geosiyosiy va transport-logistika tizimidagi o‘rni masalasiga bag‘ishlandi.
Muloqot davomida ekspert Eron bugungi kunda ham Yevropa va Osiyoni bog‘lovchi muhim chorraha bo‘lib qolayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, sanksiyalar va siyosiy bosimlarga qaramay, Eronning strategik geografik joylashuvi uni “Sharq–G‘arb” va “Shimol–Janub” yo‘nalishlaridagi asosiy qit’alararo koridorlar markaziga aylantirib turibdi.
Nargiza Umarova, shuningdek, Xitoyning Eronga bo‘lgan qiziqishlari, Turkiyaning mintaqaviy logistika jarayonlaridagi roli hamda Eronning O‘zbekiston uchun transport va tashqi iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qilishdagi ahamiyatini tahlil qildi. Suhbatda mintaqaviy xavfsizlik masalalari va AQShning Tehronga nisbatan bosim o‘tkazish sabablari ham muhokama qilindi.
* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.