Afg‘oniston O‘zbekistonning janubiy darvozasi sifatida: strategik o‘zaro bog‘liqlik, iqtisodiy integratsiya va mintaqaviy transformatsiya

Tahliliy nashrlar

09 Sentabr 2026

Ulashish

Afg‘oniston O‘zbekistonning janubiy darvozasi sifatida: strategik o‘zaro bog‘liqlik, iqtisodiy integratsiya va mintaqaviy transformatsiya

Siyosiy iqtisodiyot mutaxassisi, tadqiqotchi va tahlilchi, siyosat bo‘yicha maslahatchi va biznes-strateg, geosiyosiy va geoqtisodiy masalalar, mintaqaviy diplomatiya, milliy xavfsizlik hamda xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha o‘n yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan  Sibg‘atulloh Arsalai  bilan hammualliflikda tayyorlangan. U avval Afg‘oniston Milliy xavfsizlik kengashi idorasida yuqori lavozimlarda ishlagan va u yerda tinchlik muzokaralari, mintaqaviy hamkorlik, milliy strategik rejalashtirish, siyosiy va iqtisodiy xatarlarni baholashga o‘z hissasini qo‘shgan. Hozirda u “Sahil Marble Mining and Processing” kompaniyasining mustaqil tadqiqotchisi va katta maslahatchisi bo‘lib, mintaqaviy aloqalar, xalqaro bozorlarni kengaytirish hamda strategik biznesni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratadi. Arsalai “Fulbright” stipendiyasi orqali Dallasdagi Texas universitetida xalqaro siyosiy iqtisodiyot bo‘yicha magistr darajasini va Afg‘oniston Amerika universitetida biznes boshqaruvi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan. Uning ilmiy qiziqishlari doirasiga geosiyosat, geoiqtisodiyot, siyosiy iqtisodiyot, mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik hamda Afg‘oniston, Markaziy va Janubiy Osiyodagi strategik masalalar kiradi.

 

Annotatsiya:

Ushbu maqola 2025-yil dekabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Afg‘oniston uchun iqtisodiy istiqbolni shakllantirish” nomli seminardagi ishtirokdan ilhomlanib yozildi. Seminarga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti hamda Notr-Dam universitetining Krok nomidagi Xalqaro tinchlik tadqiqotlari instituti hammezbonlik qildi.

Seminarga Markaziy Osiyo davlatlari, Afg‘oniston va AQShdan ishtirokchilar tashrif buyurdi. O‘zbekistonlik ishtirokchilar Afg‘onistonga doir muammolarni pragmatik yondashuv asosida hal etish bo‘yicha o‘z qarashlari, puxta tayyorgarligi va qat’iyatini namoyon etdi. Markaziy Osiyo nuqtayi nazaridan shunday xulosaga kelindiki, Afg‘oniston endilikda xavfsizlikka tahdid emas, balki iqtisodiy imkoniyat sifatida qaralmoqda va agar Markaziy Osiyo mintaqasiga to‘g‘ri integratsiya qilinsa, ham o‘zi gullab-yashnashi, ham mintaqaga foyda keltirishi mumkin. Mazkur maqola ushbu umumiy qarashni ilgari surishga qaratilgan sa’y-harakatdir.

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.


Afghanistan as Uzbekistan’s Southern Gateway: Strategic Connectivity, Economic Integration, and Regional Transformation

Yuklab olish