Afghanistan et Pakistan: un mariage forcé?

Tahliliy nashrlar

04 Iyul 2025

Ulashish

Afghanistan et Pakistan: un mariage forcé?

Fransiyaning geosiyosiy nashri “CONFLITS Revue de Géopolitique” doktor Islomxon Gafarov va IXTI ko‘ngillisi Bositxon Islamovning siyosiy tahlilini qayta nashr etdi. Ushbu tahlil dastlab Norvegiyaning Geopolitika.no saytida e’lon qilingan bo‘lib, Markaziy va Janubiy Osiyo xavfsizlik masalalariga xalqaro qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

 

Tahlilda Kashmir inqirozi, proksi mojarolar hamda Xitoy vositachiligi va Hindiston ta’siri ostida o‘zgarayotgan ittifoqlar kabi mintaqaviy keskinliklar fonida Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi murakkab, biroq strategik ahamiyatga ega bo‘lgan "majburiy hamkorlik" tahlil qilingan.

 

Tahliliy sharhni fransuz tilida “CONFLITS Revue de Géopolitique” nashrida o‘qishingiz mumkin

 

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.