experts_in

Dovud Usmonov

Assistent tadqiqotchi

Amerika Tadqiqotlari Markazi

Tarjimai hol

Dovud Usmonov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakultetining 4-bosqich talabasi. U ilm- fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondi xalqaro loyihalar menejeri sifatida faoliyat yuritadi. Dovud O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekistonning Islomoboddagi elchixonasida amaliyotni muvaffaqiyatli o‘tagan. Yaponiya Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligining JASSO stipendiya dasturi asosida Tokio xorijiy tillar universitetida  tahsil olib Yaponiya madaniyati va siyosati haqida bilimini yanada oshirgan. Shuningdek, u Nippon Foundation’ning JACAFA dasturi stipendiatidir. Hozirgi vaqtda Dovud IXTIdagi Amerika tadqiqotlari markazida amaliyot o‘tamoqda hamda AQShning Sharqiy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarini tadqiq qilmoqda.