Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan “Barqaror kelajak uchun institutsional salohiyatni shakllantirish: Markaziy Osiyo va undan tashqarida raqobatbardoshlikka erishish yo‘li” loyihasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida shaxsiy maslahat xizmatlarini ko‘rsatish uchun narxlar so‘rovini o‘tkazishini e’lon qiladi. Ariza tafsilotlari va talablari texnik topshiriqda keltirilgan.
Ariza topshirish sanasi: 2025-yil 25-mart
Takliflarni qabul qilishning so‘nggi muddati: 2025-yil 7-aprel
Qiziqish bildirgan nomzodlar belgilangan muddatgacha o‘z rezyumelari, ish tajribasi tavsifi va nashr etilgan maqolalar ro‘yxatini quyidagi elektron pochta manziliga yuborishlari lozim: info@iais.uz, Shaxboz Axmedov nomiga;
yoki
quyidagi manzilga: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 54, Toshkent, 100007, O‘zbekiston, Shaxboz Axmedov nomiga.
IXTI malakali nomzodlardan arizalarni mamnuniyat bilan qabul qiladi.