O‘zbekiston energetika sohasini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston energetika sohasini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

news_in

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “O‘zbekiston energiya sektori istiqbollari: tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti, Energentika vazirligi, quyosh panellari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, an’anaviy energetika tarafdorlari, yurist hamda xalqaro tashkilot ekspertlari, talabalar va mazkur soha tatqiqotchilari va OAV vakillari ishtiroki kuzatildi.

Tadbirni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev ochib berdi.

Muhokama doirasida bugungi kunda energetika sohasidagi mavjud ehtiyojlar va imkoniyatlar, qayta tiklanadigan resurslarga yo‘naltirilgan loyihalar nuqtai nazaridan O‘zbekistonning “yashil” iqtisodiyotga o‘tish rejasi, uskunalar xarid qilish jarayoni,muqobil energiyani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning bir tomondan aholi turmush darajasiga, ikkinchi tomondan mahalliy ekotizimga ta’sirini o‘rganish kabi mavzular ko‘tarildi.

Centil yuridik kompaniyasi vakillari, Juru Energy konsalting va muhandislik kompaniyasi, Oftob nur quyosh panellari  yetkazib beruvchi kompaniyasi, qayta tiklanadigan energiya manbalari bo‘yicha loyihalar bilan bevosita ishlash, shuningdek Ilg‘or xalqaro tadqiqotlar institutining yetakchi tadqiqotchilari tomonidan taqdimot qilindi.

Yig‘ilishda Energetika geosiyosat markazi rahbari Nodira Muhammadqulova 2019-2030-yillarda O‘zbekistonni “yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilish muhimligini ta’kidladi. Bu jarayonda ham aholi, ham xususiy sektorni har tomonlama axborot bilan ta’minlash muhim o‘rin tutadi.