Odil Gafarov Xitoyga xizmat safari bilan tashrif buyurdi

Odil Gafarov Xitoyga xizmat safari bilan tashrif buyurdi

news_in

2025-yil 30-dekabrdan 2026-yil 10-yanvargacha IXTI direktor o‘rinbosari Odil Gafarov Xitoyga xizmat safari bilan tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Xitoyning yetakchi akademik, tahliliy va media muassasalari vakillari bilan qator uchrashuvlar hamda ekspert maslahatlashuvlari o‘tkazildi. Muzokaralar xalqaro munosabatlarning dolzarb masalalari, Sharqiy va Markaziy Osiyodagi mintaqaviy jarayonlar, “Xitoy – Markaziy Osiyo” formati rivoji, shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ekspert va akademik hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga bag‘ishlandi.

Xususan, Fu Jun, National School of Development va School of Government dekani; Shi Yue, Peking University huzuridagi Center for Central Asian Studies direktori; Li Bo, Guancha.com prezidenti, Shanghai Chunqiu Institute for Development and Strategic Studies ijrochi direktori va Fudan University huzuridagi China Institute dekan yordamchisi; Tang Xiaoyang, Tsinghua University Xalqaro munosabatlar kafedrasi mudiri; Ding Yifan, Xitoy Davlat kengashi huzuridagi Development Research Center qoshidagi Institute of World Development professori; Zha Daojiong, Peking University huzuridagi Institute of South-South Cooperation and Development akademik direktori; Jin Canrong, Renmin University of China Xalqaro munosabatlar maktabining sobiq dekan o‘rinbosari; Zhao Hai, Chinese Academy of Social Sciences huzuridagi Institute of World Economics and Politics katta ilmiy xodimi hamda National Institute for Global Strategy qoshidagi International Political Studies direktori; Wang Guan, CGTN telekanali katta boshlovchisi va xalqaro masalalar bo‘yicha bosh jurnalisti; shuningdek, Tang Shiqi, Peking University School of International Studies dekani bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlar davomida akademik tadqiqotlar, ekspert tahlillari va jamoat diplomatiyasini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, qo‘shma tadbirlar, ekspert muloqotlari va ilmiy-tadqiqot tashabbuslari orqali hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tashrif yakunlariga ko‘ra, tomonlar IXTI, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi ilmiy-tahliliy muassasalari o‘rtasida muntazam professional muloqotni saqlab qolish va o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga o‘zaro qiziqish bildirdilar.