Niderlandiyaga xizmat safari: akademik hamkorlik va tahliliy almashinuvlarni rivojlantirish

Niderlandiyaga xizmat safari: akademik hamkorlik va tahliliy almashinuvlarni rivojlantirish

news_in

1-8 dekabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) direktor o‘rinbosari Odil Gafarov va IXTI Yevropa tadqiqotlari markazi yetakchi ilmiy xodimi Mushtariy Usmonova Yevropaning nufuzli tadqiqot institutlari, tahlil markazlari va universitetlari bilan kasbiy aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Fransiya, Niderlandiya va Belgiyaga tashrif buyurdilar. 3-4 dekabr kunlari Niderlandiyada asosiy e’tibor yetakchi universitetlar va institutlar bilan akademik sheriklikni kengaytirish va ekspert-tahliliy almashinuvning barqaror kanallarini yo‘lga qo‘yishga qaratildi.

Amsterdam universiteti vakillari – Sharqiy Yevropa va Yevrosiyo tadqiqotlari kafedrasi mudiri, professor Maykl Kemper va gumanitar fanlar professori Kristina Layoshi-Mur, shuningdek, Leyden universitetiprofessori Ayzek Skarboro va gumanitar fanlar fakulteti dotsenti Morena Skalamera bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazildi.

Tomonlar JIDU va Niderlandiya universitetlari o‘rtasida akademik almashinuvlarni yo‘lga qo‘yish, jumladan, o‘qituvchilar, talabalar va tadqiqotchilarning harakatchanligini ta’minlash, qo‘shma ta’lim va tadqiqot tashabbuslarida ishtirok etish, shuningdek, Erasmus+ dasturlari va ikki tomonlama hamkorlik formatlaridan foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Shuningdek, Gaaga tadqiqot instituti asoschisi va bosh muharriri Ag‘a Bayramov hamda Klingendayl instituti ilmiy xodimi Nils Drost va uning yosh hamkasblari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlar muntazam hamkorlik qilish, xususan, qo‘shma munozara maydonchalarini yaratish, tadqiqot tarmoqlari va loyihalari doirasida hamkorlik qilishdan o‘zaro manfaatdorlikni tasdiqladi. Tahliliy almashinuvlarni chuqurlashtirish va ekspert materiallarini birgalikda tayyorlash imkoniyatlari muhokama qilindi.

Safar yakunlari bo‘yicha IXTI niderlandiyalik hamkorlar bilan erishilgan kelishuvlarni batafsil ishlab chiqishni davom ettirish, qo‘shma materiallar uchun ustuvor mavzular ro‘yxatini shakllantirish va o‘zaro hamkorlik formatlarini belgilashni rejalashtirmoqda.