JIDU va Shanxay xalqaro tadqiqotlar instituti o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

JIDU va Shanxay xalqaro tadqiqotlar instituti o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

news_in

12-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga (JIDU) Shanxay xalqaro tadqiqotlar instituti (SHXTI) prezidenti, professor Chen Dunsyao boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida xitoylik delegatsiya va JIDU rektori Sodiq Safoyev, JIDU birinchi prorektori va Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti direktori Akram Umarov, IXTI direktori o‘rinbosari Odil Gafarov hamda IXTI Osiyo-Tinch okeani mintaqasini o‘rganish markazi rahbari Abbos Boboxonov orasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Suhbat davomida tomonlar akademik va ilmiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Rektor O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi ishtirokining strategik ahamiyatini ta’kidladi hamda JIDUning barqaror rivojlanish, xitoy tili va Xitoy voqeligini mahalliy mutaxassislar nigohidan chuqur o‘rganish kabi ustuvor yo‘nalishlarini sanab o‘tdi. Muloqot chog‘ida SHHT va “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusining mintaqa uchun dolzarbligi ham alohida qayd etildi.

 

Uchrashuvda, shuningdek, ikki muassasa o‘rtasida qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ilmiy almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ekspertlar tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan chiqishdi. Bu borada IXTI O‘zbekiston-Xitoy akademik hamkorligining ilmiy salohiyatini kuchaytirishda ko‘prik vazifasini bajarishi alohida ta’kidlandi.