1-8-dekabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) direktor o‘rinbosari Odil Gafarov va IXTI Yevropa tadqiqotlari markazi yetakchi ilmiy xodimi Mushtariy UsmonovaYevropaning yetakchi tadqiqot institutlari, tahliliy markazlari va universitetlari bilan ishchi aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Fransiya, Niderlandiya va Belgiyaga tashrif buyurdilar. Xususan, 1-2-dekabr kunlari Parijdagi ekspert doiralari bilan mazmunli maslahatlashuvlar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasining Parijdagi elchixonasi ko‘magida Sharq tillari va sivilizatsiyalari milliy instituti (INALCO) hamda Yevropa-Yevrosiyo tadqiqotlari markazi (CREE INALCO) vakili professor Katrin Pujol bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bundan tashqari, IXTI vakillari Yevropa Ittifoqi xavfsizlik tadqiqotlari instituti (EUISS) katta tahlilchisi Ondriy Ditrixbilan uchrashdilar; Jak Delor instituti ekspertlari – Yevropa iqtisodiy siyosati bo‘yicha katta ilmiy xodim Andreas Ayzelva G‘arbiy Bolqon, Turkiya va Yevropa Ittifoqining kengayishi masalalari bo‘yicha ilmiy xodim Benjamen Kuto bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazdilar.
Shuningdek, Monten instituti vakillari, jumladan ijrochi direktor Mari-Pyer de Bayenkur, maxsus maslahatchi Mishel Dyuklo, xalqaro hamkorlik bo‘yicha direktor Matye Dushatel, hamda Fransiya Milliy ilmiy tadqiqotlar markazi (CNRS) ilmiy xodimi, professor Stefan Dyuduanyon bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Suhbatlar davomida Yevrosiyoning geosiyosiy tuzilishi, Yevropa Ittifoqining tashqi va ichki ustuvorliklari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo munosabatlarining rivojlanishi va istiqbollari bo‘yicha ekspert baholari taqdim etildi. Tomonlar, shuningdek, ekspertlar almashinuvi istiqbollarini batafsil muhokama qilish, qo‘shma tadbirlar va tadqiqot loyihalarini yo‘lga qo‘yish uchun aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.