IXTI va Atlantic Council hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi

IXTI va Atlantic Council hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi

news_in

17 oktyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI)da Atlantic Council Yevroosiyo markazi (AQSh) direktor o‘rinbosari Endryu D’Aneri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. IXTI tomonidan uchrashuvda direktor Akram Umarov, direktor o‘rinbosari Odil Gafarov, Amerika tadqiqotlari markazi rahbari Ulug‘bek Ishanxo‘jayev va yetakchi ilmiy xodim Madina Alimova ishtirok etdilar.

 

Uchrashuvning maqsadi IXTI va Atlantic Council o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlarini muhokama qilish, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik shakllari bo‘yicha fikr almashishdan iborat edi. Tomonlar Toshkent va Vashington ekspert hamjamiyatlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish va kasbiy aloqalarni kengaytirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqlashdi.

 

Bundan tashqari, tomonlar hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy qadamlarni belgilab oldilar: qo‘shma vebinarlar va tahliliy muhokamalar o‘tkazish, xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun qisqa qo‘shma materiallar tayyorlash va tajriba almashish. Erishilgan kelishuvlar IXTI va Atlantic Councilning amaliy va uzoq muddatli hamkorlikka intilishini aks ettiradi.