IXTI va QSTI hamkorlik istiqbollari va qo‘shma loyihalarni muhokama qilishdi

IXTI va QSTI hamkorlik istiqbollari va qo‘shma loyihalarni muhokama qilishdi

news_in

15-avgust kuni Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qozog‘iston strategik tadqiqotlar instituti (QSTI) direktori Jandos Shaymardanov va QSTI Osiyo tadqiqotlari bo‘limi rahbari Aydar Kurmashev bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.

 

Tomonlar o‘z tashkilotlari faoliyatini batafsil yoritib, tahliliy faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildilar. QSTIning kelgusi tadbirlariga — 2025-yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Astana Think Tank Forum va 2026-yil may oyidagi Astana International Forumga alohida e’tibor qaratildi. Qozog‘istonlik hamkasblar ushbu tadbirlarga IXTI vakillarini taklif etdilar.

 

Ishtirokchilar xalqaro kun tartibidagi mavzularni, shuningdek, geosiyosiy jarayonlarning Markaziy Osiyoga ta’sirini muhokama qildilar. Hamkorlikning mumkin bo‘lgan shakllari qatorida dolzarb masalalar bo‘yicha qo‘shma tadbirlar ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, mintaqaviy rivojlanish va xavfsizlikning asosiy masalalari bo‘yicha yagona yondashuvlarni aks ettiruvchi qo‘shma tadqiqotlar va nashrlar ustida ishlash taklif etildi.

 

Uchrashuv IXTI va QSTIning tizimli sheriklikni mustahkamlash va qo‘shma tadqiqot kun tartibini kengaytirishdan manfaatdor ekanligini tasdiqladi.