2026-yil 9-oktabr kuni Barqaror rivojlanish markazi rahbari Saida Safaeva hamda mazkur markazning yetakchi ilmiyxodimi Odilbek Manabov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «Yashil Markaziy Osiyo: ilm-fan va siyosat o‘rtasidagimuloqot» mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdilar. Tadbir Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamdaO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidanhamkorlikda tashkil etildi.
Ikki kunlik ekspert-siyosiy muloqot Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniyadan ilmiy hamjamiyat, ekspert doiralarihamda davlat tuzilmalari vakillarini birlashtirib, ilmiy tadqiqotlar va davlat siyosatini ishlab chiqish jarayonlari o‘rtasidagio‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlandi. Muhokamalar davomida Saida SafaevaJahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashmuhandislari instituti (TIQXMMI) tomonidan hamkorlikda amalga oshirilayotgan suv diplomatiyasi bo‘yicha qo‘shmamagistratura dasturining birinchi yil yakunlari yuzasidan erishilgan natijalarni taqdim etdi. Bundan tashqari, SaidaSafaeva Markaziy Osiyoda suv diplomatiyasi rivojlanishining yangi tendensiyalariga ham to‘xtalib, transchegaraviy suvresurslarini boshqarishga doir mintaqaviy yondashuvlarning evolyutsiyasi, shuningdek, mintaqa davlatlarininghamkorlikni mustahkamlash, suvdan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish va dolzarb suv xo‘jaligi muammolarinibirgalikda hal etish borasidagi sa’y-harakatlariga alohida e’tibor qaratdi.
Davra suhbati tajriba almashish hamda Markaziy Osiyoda qabul qilinayotgan qarorlarning ilmiy asoslanganlik darajasinioshirish va suv resurslarini barqaror boshqarishni ta’minlash maqsadida ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan davlattuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilish uchun muhim muloqot maydoni bo‘libxizmat qildi.