Aziza Muxammedova Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan tashkil etilgan xalqaro ilmiykonferensiyada ishtirok etdi. Konferensiyada turli davlatlaridan tashrif buyurgan ekspertlar qatnashib, mintaqaviyintegratsiya, barqaror rivojlanish, transport va energetik bog‘liqlik, shuningdek, Yevroosiyo makonidagi o‘zgarishlarmasalalarini muhokama qildilar.
Aziza Muxammedova o‘z ma’ruzasida Markaziy Osiyoda mintaqaviy bog‘liqlikning rivojlanishi va Afg‘onistonningMarkaziy hamda Janubiy Osiyo o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdagi roliga e’tibor qaratdi. Shuningdek, infratuzilmayo‘laklari, institutsional muvofiqlashtirish va transchegaraviy jarayonlarni boshqarishda kompleks yondashuv zarurligita’kidlandi.
IXTI vakilining ushbu konferensiyadagi ishtiroki institutning mintaqaviy bog‘liqlik, barqaror rivojlanish va xavfsizlikmasalalari bo‘yicha xalqaro ekspert muloqotidagi faol ishtirokini ko‘rsatadi.