13-oktyabr kuni IXTIda Buyuk Britaniyaning Dushanbedagi elchixonasi rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi va dasturlar rahbari Yash Chandra hamda Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi terrorizmga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha mintaqaviy koordinatori Jemma Uorren bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari va birgalikdagi faoliyatning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Ekspertlar muloqotini kengaytirish, tahliliy baholar bilan almashish hamda o‘zaro tadqiqot qiziqishlarini uyg‘otadigan mavzularni belgilash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tomonlar kelgusidagi hamkorlikning mumkin bo‘lgan shakllarini, jumladan, ekspertlik maslahatlashuvlari va qo‘shma munozaralar o‘tkazish masalalarini ko‘rib chiqdilar. Bo‘lib o‘tgan fikr almashinuvi kelgusida chuqurroq o‘rganiladigan masalalarni belgilab olish va amaliy aloqalarni davom ettirish imkonini berdi.